O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI UCHUN ILK QADAM DAVLAT O’QUV DASTURI Reja: 1.Ilk qadam davlat dasturi haqida ma’lumot 3.Davlat o’quv dasturining qo’llanishi “ILK QADAM”MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASINING DAVLAT O’QUV DASTURI “ILK QADAM”MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASINING DAVLAT O’QUV DASTURI Ushbu hujjat O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablariga muofiq yaratilgan “Ilk qadam”davlat o’quv dasturining ikkinchi nashri hisoblanadi. “ILK QADAM” davlat o’quv dasturi 8 bobdan iborat. “ILK QADAM” davlat o’quv dasturi 8 bobdan iborat. 2-bob.MTT ta’lim va tarbiya jarayonining maqsad va tamoyillari. 3-bob.Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv. 5-bob.Bolaning rivojlanish sohalari bo’yicha yutuqlari. 6-bob.Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish. 7-bob.Davlat o’quv dasturi bo’yicha kutilayotgan ta’limiy natijalar. 8-bob.Resurs ta’minot 1-ВОВ UMUMIY QOIDALAR Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari, ta’lim va tarbiya jarayonining maqsad va tamoyillari, shuningdek, bolaning keyingi ta’lim bosqichiga o‘tishidagi tayanch kompetensiyalari belgilangan. Davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim davlat standartini amalga oshirish mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi. Davlat o‘quv dasturining asosiy vazifasi kompetensiyaga asoslangan yondashuv asosida bola shaxsini rivojlantirish hisoblanadi. Davlat o‘quv dasturi Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari va muassasalarida qoʻllanilishi majburiydir:
Do'stlaringiz bilan baham: |