O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/193
Sana26.07.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1662709
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   193
Bog'liq
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

2. Bilishi lozim:
–ta’limi tizimiga oid hamda bolalar huquqlarini tartibga soluvchi amaldagi normativ-
huquqiy hujjatlarni;
–jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, ahil-inoqlikni mustahkamlash
bo‘yicha faoliyat yuritishni;
–maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari, o‘quv reja, o‘quv dasturi va boshqa
o‘quv-metodik hujjatlarning mazmuni hamda o‘quv jarayoniga tatbiq etish yo‘llarini;
–darslarni tahlil qilish va pedagoglarga amaliy yordam berish shakllarini;
–kafedra va biriktirilgan o‘quv xonalarini zamonaviy talablarga binoan jihozlashga
metodik yordam berishni;
–ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini, innovatsion va
interfaol usullarni qo‘llashni;
–sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalarini.
3. Malaka talablari:
–tegishli mutaxassislik bo‘yicha dotsent, katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga yoki fan
doktori (nomzodi) ilmiy darajasiga ega bo‘lishi;
–dotsent lavozimini egallash uchun tanlovdan o‘tishi;
–xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini bilishi va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;


–mutaxassislik bo‘yicha kamida uch yillik amaliy ish staji.
90-§. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash
va ularning malakasini oshirish instituti katta o‘qituvchisi
lavozimining malaka tavsiflari
1. Lavozim vazifalari:
–o‘quv rejalarda belgilangan ma’ruzalar, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni
yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;
–o‘ziga biriktirilgan dars mashg‘ulotlarining o‘z vaqtida va sifatli o‘tishini ta’minlash;
–fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlashga
taqdim etish;
–tashkilot ichki tartib qoidalariga qat’i rioya qilish;
–o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, o‘quv dasturlarini
tayyorlashda ishtirok etish;
–iqtidorli tinglovchilarni aniqlash va ularning ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish;
–tinglovchilarning malakaviy amaliyoti, kurs ishlari, malaka (bitiruv) ishlari, shuningdek
mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;
–tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, tajriba va bilim ko‘nikmalarini
orttirish maqsadida ularning darslariga kirish va tahlil qilish;
–pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan o‘qituvchilarga pedagogik
mahoratni egallashda yordam berish, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida zamonaviy
pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
–sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalari talablariga rioya qilish.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling