O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida
Download 1.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Malaka talablari
2. Bilishi lozim:
–maktabgacha ta’limi tizimiga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun- mohiyatini va ularni amaliyotga tatbiq etishni; –o‘ziga yuklatilgan vazifalarga kasbiy, kompetensiyaviy yondashishni; –mavjud axborot manbalaridan foydalana olishi (internet, televizor, radio, telefon, elektron pochta va h); –maktabgacha pedagogika, maktabgacha bolalar psixologiyasi va maktabgacha yoshdagi bolalar fiziologiyasi va ularni hayotga tatbiq etish yo‘llarini; –“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish va uzluksiz takomillashtirib borish yo‘llarini; –maktabgacha ta’lim tizimidagi xodimlarga axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishda amaliy yordam berish shakllari, ta’lim metodlari va vositalarini; –ilg‘or pedagogik texnologiyalar va ularni tatbiq etish metodlarini, jamoada qulay psixologik muhit yaratishni; – maktabgacha ta’limga oid sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini, bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish yo‘riqnomasini. 3. Malaka talablari: –o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot; –xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni mukammal bilishi. 30-§. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi Ijro intizomi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis lavozimining malaka tavsiflari 1. Lavozim vazifalari: –O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, Hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash Tartib raqami 2706 Kasblarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi 2132 Xodimlar toifasi Mutaxassis maqsadida bo‘lim mudiri tomonidan o‘ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish; –bo‘lim hay’at, ishlab chiqarish yig‘ilishlarida ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash va muhokamaga kiritish; –maktabgacha ta’lim tizimida ijro intizomini mustahkamlash yuzasidan istiqbol va joriy ish rejalarini ishlab chiqish, uni bo‘limning umumiy ish rejasi bilan muvofiqlashtirish hamda bajarilishini ta’minlash; –Vazirlar Mahkamasining 1999- yil 1- yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son qarori, 2009- yil 28- avgustdagi “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, ularning tarkibiy, hududiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomi ahvoli monitoringini olib borish to‘g‘risida”gi 11-10-sonli tartibiga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkilotlari tizimida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish, ijro intizomini monitoringini olib borish va ularning ijrosini ta’minlash; –O‘zbekiston Respublikasining 2017- yil 11- sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445 Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018- yil 7- maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom” talablariga muvofiq holda ishni tashkil etish; –tuman shahar maktabgacha ta’lim bo‘limida hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan ijro intizomi hamda jismoniy va yuridik shaxslar og‘zaki va yozma murojaatlarining hal etilishini (har kunlik), haftalik, oylik tahlillarini olib borish; –hujjatlar va topshiriqlarning avtomatlashtirilgan nazoratga qo‘yilishi, ularning bajarilishini kuzatib borish, ogohlantiruvchi nazoratni, ijro intizomini yakunlashni ta’minlovchi elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi yagona tizimining ma’lumotlar bazasini yuritish; –tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish va ijro intizomining holatini o‘rganish, ularning natijalarini tahlil va nazorat qilish masalalarida metodik va amaliy yordam berish; –yuqori tashkilotlar, boshqaruv organlari, idoralardan boshqarmaga kelib tushgan xat- hujjatlarni qabul qilish, o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish va nazorat varaqasini yuritish, ijroni ta’minlash maqsadida bo‘lim xodimlari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazish va hujjat ijrosi ta’minlangunga qadar nazoratini olib borish; –bo‘limga kelib tushgan xat, ariza, murojaatlar bo‘yicha chorak, yarim yillik va yillik tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash va rahbariyatga taqdim etish, bo‘lim yig‘ilishlarida muhokamaga kiritish; –boshqarma, yuqori va hamkor tashkilotlar tomonidan kelgan hujjatlar, fuqarolarning xat, ariza va shikoyatlarini qabul qilib, bo‘lim mudiri ko‘rsatmasiga ko‘ra nazoratdan chiqarishni tashkil etish; –bo‘lim hujjatlari uchun mo‘ljallangan blankalar ro‘yxatining qat’iy nazoratini yuritish; –bo‘lim mudiri tomonidan tasdiqlangan jadval asosida fuqarolar qabulini tashkil etish hamda og‘zaki murojaatlari bo‘yicha tegishli axborotlarni tayyorlash; –tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi va maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatida vujudga keladigan doimiy muddatda saqlanadigan hujjatlarning tanlab olinishi, hisobga olinishi, saqlanishi, ishlanish sifatini va ushbu hujjatlarning o‘z vaqtida hududiy davlat arxiviga topshirilishini ta’minlash; –bo‘lim qoshida “Fuqarolar qabulxonasi” faoliyatini tashkil etish va hujjatlarni rasmiylashtirish; –kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling