O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida
Download 1.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Malaka talablari
- 65-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh
- 1. Lavozim vazifalari
2. Bilishi lozim:
–O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi bo‘yicha me’yoriy huquqiy hujjatlarni; –mehnat qonunchiligi hamda kadrlar masalalari bo‘yicha yangiliklarni va uni hayotga tatbiq etish yo‘llarini; – kadrlar bilan ishlash bo‘yicha metodik ishlarni tashkil etish va kadrlar qo‘nimsizligini oldini olish usullarini; –mavjud axborot manbalaridan foydalana olishi (internet, televizor, radio, telefon, elektron pochta va h); –attestatsiyaga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmunini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarorlari asosidaattestatsiya o‘tkazish tartibi va mezonlarini; –sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini. 3. Malaka talablari: –kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot; –xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan to‘liq foydalanishni bilishi; –ikki yildan kam bo‘lmagan staj yoki ta’lim va boshqa sohaning boshqaruv organlarida bir yildan kam bo‘lmagan ish staji. 65-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi Pedagog kadrlar malakasini oshirish va pedagogika kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimining malaka tavsiflari 1. Lavozim vazifalari: –O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, Hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida boshqarma boshlig‘i tomonidan o‘ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish; –bo‘limning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, uning yillik, choraklik va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqilishiga tashkil qilish, ularni boshqarmaning umumiy ish rejasi bilan muvofiqlashtirish, ularda belgilangan tadbirlarning sifatli ijro etilishi ustidan nazorat qilish; –bo‘lim xodimlarining kasbiy, metodik va ilmiy salohiyatini oshirish ishlarini tashkil etish, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilish; –ish taqsimoti asosida bo‘lim xodimlarining lavozim majburiyatlariga rioya qilinishini ta’minlash; –boshqarmaning boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan faoliyat uzviyligini ta’minlash, faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish; –Oliy ta’lim muassasalari va pedagogika kollejlarini bitirayotgan yosh mutaxassislarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb qilish va ularni qiziqishini uyg‘otish bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlarni muvofiqlashtirib borish; –maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog xodimlar malakasini oshirish istiqbol rejalarini belgilash, yillik reja asosida malaka oshirishga yuborilishini nazorat qilish; –maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan nomutaxassis kadrlarni aniqlash ularni qayta tayyorlash kurslaridan o‘tkazilishini ta’minlash; –o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglarni maxsus sirtqi va sirtqi bo‘limlarda o‘qish uchun oliy ta’lim tashkilotlariga yo‘naltirish ishlarini amalga oshirish; Tartib raqami 704 Kasblarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi 1212 Xodimlar toifasi Boshqaruv –maktabgacha ta’lim tashkiloti ishchi va pedagog xodimlarining soni va tarkibi bo‘yicha hisobotlarni yig‘ish, umumlashtirish va vazirlik hamda statistika tashkilotlariga taqdim etish; –pedagogika kollejlari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish; –pedagogika kollejlarini faoliyatiga oid huquqiy va o‘quv-me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqishni tashkil etish va boshqarish; –innovatsion yondashuv asosida pedagogika kollejlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik kadrlar sifatini oshirishga qaratilgan barcha faoliyatlarni amalga oshirish; –pedagogika kollejlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari ta’lim-tarbiya jarayonini tajribali, yuqori malakali va kasbiy jihatdan puxta tayyorlangan pedagogik kadrlar bilan ta’minlashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish; –ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni hamda samarali metodlarini joriy etish; –maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagogik kadrlari faoliyatini baholash jarayonini amalga oshirish va monitoringini yuritish; –pedagogika kollejlari o‘quvchilarini amaliy mashg‘ulotlarga olib chiqishda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini har xil yo‘nalishlardagi to‘garaklarda shug‘ullanishga jalb etish strategiyasini ishlab chiqish; –pedagog xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini tashkil qilish va ularning o‘z vaqtida attestatsiyadan o‘tishlarini nazorat qilish; –pedagog xodimlar malakasini oshirish ishlarida ijobiy, konstruktiv va rag‘batlantiruvchi muhit yaratish, ularning tashabbuskorligi va faolligini oshirish, pedagoglar malakasini oshirish jadvali va maktabgacha ta’lim tashkiloti ehtiyojlariga mos ravishda pedagoglarning kasbiy rivojlanish dasturini ishlab chiqish hamda malaka oshirish ishlarini tashkillashtirish, pedagog xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar kiritish; –kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling