O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida
-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligi, viloyatlar
Download 1.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Lavozim vazifalari
66-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligi, viloyatlar
maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi Pedagog kadrlar malakasini oshirish va pedagogika kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi metodisti lavozimining malaka tavsiflari 1. Lavozim vazifalari: –O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, Hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida boshqarma boshlig‘i tomonidan o‘ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish; –bo‘limning faoliyatiga yillik, choraklik va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqilishda ishtirok etish hamda ularda belgilangan tadbirlarning sifatli ijro etishida ishtirok etish; –boshqarmaning boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan faoliyat uzviyligini ta’minlash, faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish; –maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog xodimlar malakasini oshirish istiqbol rejalarini belgilash, yillik reja asosida malaka oshirishga yuborilishini nazorat qilish; –maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan nomutaxassis kadrlarni aniqlash ularni qayta tayyorlash kurslaridan o‘tkazilishini ta’minlash; –o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglarni maxsus sirtqi va sirtqi bo‘limlarda o‘qish uchun oliy ta’lim tashkilotlariga yo‘naltirish ishlarini amalga oshirish; Tartib raqami 713 Kasblarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi 1212 Xodimlar toifasi Mutaxassisi –maktabgacha ta’lim tashkiloti ishchi va pedagog xodimlarining soni va tarkibi bo‘yicha hisobotlarni yig‘ish, umumlashtirish va vazirlik hamda statistika tashkilotlariga taqdim etish; –pedagogika kollejlari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish; –pedagogika kollejlarini faoliyatiga oid huquqiy va o‘quv-me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqishni tashkil etish va boshqarish; –innovatsion yondashuv asosida pedagogika kollejlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik kadrlar sifatini oshirishga qaratilgan barcha faoliyatlarni amalga oshirish; –pedagogika kollejlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari ta’lim-tarbiya jarayonini tajribali, yuqori malakali va kasbiy jihatdan puxta tayyorlangan pedagogik kadrlar bilan ta’minlashga qaratilgan tizimli ishlarni amalga oshirish; –ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni hamda samarali metodlarini joriy etish; –maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagogik kadrlari faoliyatini baholash jarayonini amalga oshirish va monitoringini yuritish; –pedagogika kollejlari o‘quvchilarini amaliy mashg‘ulotlarga olib chiqishda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini har xil yo‘nalishlardagi to‘garaklarda shug‘ullanishga jalb etish strategiyasini ishlab chiqish; –pedagog xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini tashkil qilish va ularning o‘z vaqtida attestatsiyadan o‘tishlarini nazorat qilish; –attestatsiyaga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmunini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarorlari asosidapedagog xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini tashkil qilish va ularning o‘z vaqtida attestatsiyadan o‘tishlarini nazorat qilish; –ta’lim va tarbiya jarayonini nazorat qilish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar va atamalarning ishlab chiqish; –odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling