Teleskop bilan ishlash
Maqsad: diqqat, xotira, obrazli va so`z mantiqiy tafakkurning rivojlanishiga. Do`stlari bilan kosmos, quyosh tizimidagi sayyoralar haqidagi bilimlari bilan do`stlashishi mumkin.
Kerakli jihozlar va materiallar: Oxanrobo, temir predmetlar, teleskop. Faoliyatning borishi:
Teleskop orqali osmondagi jismlarni tomosha qilish;
Bolalar tomonidan yulduzlarni bo`yash va ular haqida so`zlab berish rejasi tuziladi;
Yulduz va oymoma rasmi chiziladi;
Bolalar faoliyati bo`yicha suhbat va ularni rag`batlantirish.
Qo`shimcha qism: Tarbiyachi AKT jixozlarida «Samo sirlari» nomli ertakni tomosha qilishni taklif etishi mumkin.
E`tiborga molik jihati:
Bolalarning jamoada ishlash malakalarining shakllanishiga;
Tasavvurlarining rivojlanishiga.
San`at markazi:
«Sayyorani chizamiz»
Maqsad: atrof-olamni anglash bo`yicha bilimlarini namoyish etish. O`zining rasmlarida avvalgi faoliyatlarda egallagan bilimlari bo`yicha kosmik manzarani tasvirlay olishini ta`minlash.
Kerakli jihozlar va materiallar: bo`yoqlar, mo`yqalamlar, tayyor fonlari mavjud albom daftari varroqlari, raketa trafaretlari.
Faoliyatning borishi:
«Raketa» rasmini tomosha qilish;
Bolalar tomonidan raketani chizish loyihasi tuzish;
Sanoq cho`plaridan gilamda katta raketani yasaydi;
Bolalar faoliyati bo`yicha suhbat va ularni rag`batlantirish
Qo`shimcha qism:
Tarbiyachi bolalarni rag`batlantirib maqtashi va sayyoralar haqidagi she`rlarni o`qib berishi mumkin.
E`tiborga molik jihati:
Bolalarning jamoada ishlash malakasini shakllanishiga;
Mantiqiy tafakkurining rivojlanishiga.
San`at markazi
Do'stlaringiz bilan baham: |