Guruh tarbiyalanuvchilari ota-onalarini qiziqarli tajribalar o`tkazish uchun taklif qilish
Maqsad: Ota-onalar bilan hamkorlikda tajribalar o`tkazish. Bolada ilmga qiziqishni rivojlantirish.
Jihoz va materiallar: (jihozlar taklif etilgan tajribani hisobga olgan holda tanlanadi)
Faoliyatning borishi:
1. Bolalar kimning ota-onalari kelganligini bilishadi va ular bilan tanishishadi .
2. Ota-onalar bolalarni tajriba uchun tanlangan asbob-uskunalar bilan tanishtiradilar va olib borilishi lozim bo`lgan ishlar haqida gapirib beradilar.
Tajribalar o`tkazish.
Bolalar mustaqil xulosa chiqaradilar.
Qo`shimcha qism: tarbiyachi juftlikda ishlash yoki oilaviy ijro etish uchun turli treninglar taklif etishi mumkin.
E`tiborga molik jihati: hayot va ilmni bir-biriga bog`lash; fikrlash va nutqni rivojlantirish. Hayot xavfsizligi qoidalari.
San`at markazi
«Do`stim portreti» noan`anaviy usul asosida chizamiz
Maqsad: do`sti portretini chizadi,tashqi ko`rinish xususiyatlariga urg`u beradi; rasmga his-hayajonli kayfiyat bag`ishlaydi; chizishning noan`anaviy usullarini o`zlashtiradi.
Jihoz va materiallar: har xil formatdagi oq va ishlov berilgan qog`oz, guashlar, mo`yqalamlar, paxta disklari (lappaklari), gubkalar va bosqichlarni ko`rsatish uchun tayanch rasmlar.
Faoliyatning borishi:
1. Rasm chizish ketma-ketligini rejalashtirish;
2. Bolalarning ijodiy ishlari;
Bolalarning tayyor rasmlarini muhokama qilish va rag`batlantirish.
Qo`shimcha qism: tarbiyachi portretni bezatishni va og`zaki hikoya tuzish taklifini berishi mumkin.
E`tiborga molik jihati: qahramon bilan ishlashni o`rganadi; tasavvurni va mayda motorikani rivojlantiradi.
Qurish-yasash va matematika markazi
Qurilish materiallaridan raqamlar quramiz.
Maqsad: qurilish materiallaridan yirik harflar qurish, 10 gacha bo`lgan sonlar ketma-ketligiga e`tiborini qaratadi. Geometrik shakllar, o`lchamlar nomlarini biladi va ularni ayta oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |