O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil


Download 0.49 Mb.
bet19/182
Sana03.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1076106
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   182
Bog'liq
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

Qo`shimcha qism: tarbiyachi monitor, stulchalar, qo`g`irchoqlar, tomoshabinlardan foydalanib, badiiy so`zlarni ishlatgan holda tomoshalar tashkil qilishi mumkin.
E`tibor berish lozim: bolalarni jamoada ishlashga o`rgatish; tasavvurini rivojlantirish.
Syujetli-rolli o`yinlar va Dramalashtirish markazi
«Zumrad va Qimmat» sahnalashtirilgan asari
Maqsad: ertak mazmunini biladi, qahramonlarning ijobiy va salbiy tomonlarini tavsiflaydi, aktyorlik mahoratini namoyon qiladi.
Jihoz va materiallar: qahramonlar kostyumlari,ertakga oid jihozlar.
Faoliyatning borishi:

  1. Bolalar birgalikda ertak mazmunini eslaydilar;

  2. Rollarni taqsimlaydilar va mos ko`rinishlarni tanlaydilar;

  3. Ertak syujetini ijro etadilar.

Qo`shimcha qism: rollarni almashishlari mumkin.
E`tiborga molik jihati: bir-birini eshita olishi; jamoada do`stona faoliyat olib borish, o`ynash, ijodiy faollikni namoyon qilish.
Fan va tabiat markazi
Qumda magnit
Maqsad: magnit tushunchasini bilish asosida magnit xususiyatlari va magnit bilan bog`liq bo`lgan fizika qonuni haqida elementar tushunchalarni bilishi. Magnit bilan bog`liq elementar tajribalarni o`tkazishi mumkin.
Jihoz va materiallar: turli formadagi magnit, quruq qum to`ldirilgan idishlar, rasm namunalari.
Faoliyatning borishi:

  1. Bolalar magnit bilan turli tajribalar ko`rsatishadi.

  2. «Qumli manzaralar» videosini ko`rish.

  3. Qumli stol ustida magnitlar yordamida rasm chizish (qumga stolning tagidan magnit bilan boshqarish mumkin bo`lgan predmet qo`yiladi);

  4. Bolalar bir-birlariga bajargan ishlarini ko`rsatishadi.

Qo`shimcha qism: tarbiyachibolalarga o`z ijod namunalarini turli Qo`shimcha qism predmetlar bilan bezatishlari mumkinligini taklif etishi mumkin.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling