Faoliyatning borishi:
Bolalar mavzuga oid rasmlar va markaz materiallarini ko`rib chiqishadi.
O`z ishlarini rejalashtirishadi.
O`z tanlovi bo`yicha kiyim andazasini oladi.
Bajarilgan ish taqdim etiladi.
Qo`shimcha qism: tarbiyachi modalar ko`rgazmasi namoyishini tashkil etishni taklif etishi mumkin.
E`tiborga molik jihati: bolalar vazifa bo`yicha materiallardan foydalanishni bilishi; estetik va etikaga oid ko`nikma va malakalarni shakllantirish.
Til va muloqot markazi
«Mening oilam - mening kuchim»
Maqsad: og`zaki nutq rivojlantiriladi. Faol suhbatga kirishiladi.
Jihoz va materiallar: oilaviy albomdan fotosurat, qadrdon uy.
Faoliyatning borishi:
«Mening oilam» barmoqli o`yinini o`ynash;
Oilaviy albomdagi fotosuratni ko`rib chiqish;
Bolalar «Mening oilam - mening kuchim» iborasini tushuntirib berishadi.
Qo`shimcha qism: «Bizning uyga mehmon keldi» o`yinini o`ynash.
E`tiborga molik jihati: oilaga va oilaviy qadriyatlarga muhabbatni shakllantirish; o`ziga-o`zi baho berishni kuchaytirish.
Fan va tabiat markazi
«Mo`jizaviy magnit»
Maqsad: magnit tushunchasini bilish asosida magnit xususiyatlarivamagnit bilan bog`liq bo`lgan fizika qonunini bilishi. Magnit bilan bog`liq kichik tajribalari mavjud bo`lgan o`yinlarni o`zlashtiradi.
Jihoz va materiallar: turli xildagimagnitlar, magnitli doska va ilmerdan stol, turli materiallardan yasalgan stol.
Faoliyatning borishi:
Bolalar o`zlari biladigan magnit haqidagi ma`lumotlarni bir-birlariga aytib berishadi.
«Quvnoq shariklar» multfilminining «Tortishish kuchi» seriyasini ko`rish;
Bolalar bilan ishni ish zonasida rejalashtirish;
Magnit bilan ishlash tajribasi (magnitni bir-biriga birlashtirish, doskada yoki stolning ustida ularni yumalatish);
Magnit xususiyatlari haqida bolalar xulosalari tinglanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |