Mavzu: switchlar


Download 1.29 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1592571
Bog'liq
M.Gafurova KTT mustaqil ish

ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI IB VA KT FAKULTETI AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARI YO’NALISHI 2-KURS 89-21 GURUH TALABASI G’OFUROVA MADINAXONNING KOMPYUTER TIZIMLARI VA TELEKOMMUNOTAKTSIYALARI FANIDAN TAYYORLAGAN

MUSTAQIL ISHI

MAVZU: SWITCHLAR


Switch yoki tarmoq kommutatori (switch – qo`shmoq, qaytalagich) – kompyuter tizimlarida bir necha uzellarni bir segmentda birlashtirish uchun mo`ljallangan qurilma. Tarmoqning elementlari orasida axborot va ma’lumotlarni paketli uzatishni amalga oshiradi. Konsentratorlardan asosiy farqi bitta qurilmaga berilgan ma’lumotlar kommutator orqali boshqa kommutatorlarga uzatiladi. Kommutatorlar OSI modelining kanal rejimida ishlaydi va bir – biriga MAC manzillari orqali bir tarmoqqa bog`lanadi. Bir necha tarmoqlarni birlashtirish uchun tarmoq darajali marshrutizatorlardan foydalaniladi.
Switch kompyuter, qurilmalar va boshqa tarmoq tugunlari uchun bir necha port – razyemlarga ega. Port va tugunlar orasidagi aloqani amalga oshirishda juft uralgan kabellar yordamidan foydalanadi.
Switch qurilmasining tuzulishi
Switchlar hublarning o`rnini olishmoqda va ularning kamchiliklarini takrorlashmaydi. Unga ulangan xar bir kompyuter o`z IP adresiga ega bo`ladi. Natijada tarmoqga kuchlanish nagruzka kam tushadi, xar bir kompyuter o`ziga kerakli ma’lumotlarni olishi va bu haqida boshqa kompyuterlar bilmaydi.
Hublar xonadagi kompyutеrlarni bir-biri bilan bog`lash uchun kеrak bo`lsa, switchlar binolar orasiga qo`yiladi.
Shu bilan birga kamchiliklardan ham xoli emas. Agar tarmoqda ikki va undan ortiq kompyuterdan foydalanmoqchi bo`lsangiz qo`shimcha IP – manzil olish kerak bo‘ladi. Qurilmada bitta IP manzil bo‘ladi. Switchlar bir necha ishchi stansiyalarni lokal tarmoqda juft o‘ramli simlar yordamida birlashtirish uchun ishlatiladi.
Switch
Switchlar uchun 8 port yetarli xisoblansada, 48 xatto 96 portlilari ham uchraydi. OSI modeli ramkasida bu qurilma kanal darajada funksiya bajaradi, shuning uchun boshqa qurilmalarni identifikatsion MAC – manzili asosida tarmoqning bir segmentida birlashtiradi. Standart switch bir necha ajratilgan tarmoqlarni birlashtira olmaydi. Tarmoq ichida marshrutlashtirish, masalan, bir necha kompyuterlarda internetdan foydalanishni tashkil etish uchun, lokal tarmoqni global tarmoqga ulash uchun, marshrutizator (router) zarur bo`ladi.
Demak, OSI tarmoq iyerarxiyasida switchlar xab va routerlar o`rtasidagi oraliq zveno hisoblanar ekan.
Xab (konsentrator) – fizik darajada ishlaydi.
Kiruvchi ma’lumotlarni barcha foydalanuvchi interfeyslarga nusxalab transyatsiyalaydi.
Switch (kommutator) – kanal darajada ishlaydi. Ma’lumotlarni oluvchining manzili bo`yicha taqsimlaydi.
Router (marshrutizator) – tarmoq darajada ishlaydi. Turli tarmoq segmentlari o`rtasida aloqani tashkil etadi.
Switchning ishlash prinsipi quyidagicha tuzilgan. Qurilma xotirasida MAC – manzillar va switch portlari aloqasini ifodalovchi virtual jadval saqlanadi
Switch ulangach birlamchi o`qishga tushadi va bo`sh bo`lgan MAC – jadvalni to`ldiradi. Bu rejimning afzalligi, istalgan portdan kelgan ma’lumotlar unga ulangan barcha tugun qurilmalari to`plamiga etkaziladi.
Kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlar dasturlar yordamida kichik bloklarga bo‘linadi va bir kompyuterdan ikkinchisiga uzatiladi. Bunday bloklar paketlar deb ataladi. Ma’lumotlar odatda fayllarda saqlanadi. Tarmoqda fayllarni bloklarga bo‘lmasdan ikkinchi foydalanuvchiga uzatish kanalni (aloqa liniyalari) band qilishga olib keladi. Bundan tashqari katta xajmdagi bloklarni yuborish ko‘p vaqt talab qiladi.
Axborot (ma’lumotlar fayli) Paket 0 - 4 kb
Paket – kompyuter tarmoqlaridagi axborotning asosiy o‘lchov birligi xisoblanadi. Ma’lumotlarni paketlarga bo‘lish o‘z navbatida uzatish tezligini oshiradi va tarmoqning boshqa foydalanuvchilariga tarmoqda axborot almashish imkonini beradi. Ma’lumotlar blokini paketlarga bo‘lishda tarmoq operatsion tizimi paketdagi ma’lumotga qo‘shimcha axborot ya’ni sarlavxa va treyler qo‘shib yuboradi.
Sarlavha – yuboruvchi adresi, paket qaysi blokning qaysi qismiga tegishliligi xaqidagi axborotlarni saqlaydi.
Treyler – yuborilayotgan paketning xatosiz etib borishini tekshiruvchi axborotni o‘z ichida saqlaydi. Agar xatolik bo‘lsa treyler paketni qayta yuborilishini talab qiladi.
Ma’lumotlar paketlarini tahlil qilish yo`li bilan jo`natuvchi qurilmaning MAC – manzili aniqlanadi, keyin bu manzil borishi kerak bo`lgan portga qo`shiladi. Shu tahlit tarmoqdagi elementlar qaysi portga ulangani aniqlanadi va jadvalga yozib qo`yiladi. Jadvalga asosan aniq portlarga ma’lumotlarni jo`natishlar amalga oshiriladi, hublardagi kabi barcha qurilmalarga jo`natilishlar bo`lmaydi. Agar jo`natilgan ma’lumot aniq manzilga ega bo`lmasa, ya’ni jadvalda bunday qurilma bo`lmasa, paketlar dublikatlari yaratiladi va butun interfeysga tarqatiladi.
Shu bilan parallel holda noaniq bo`lgan jo`natuvchi manzili ham jadvalga yoziladi. Switch doimiy ravishda o`zining interfeysi va tashqi kompyuterlar orasidagi aloqalar natijasida jadvalini to`ldirib boradi, buning natijasida trafiklarni lokallashtirish ro`y beradi.
Oddiy tarmoq kommutatorlari boshqarilmaydi. Bunday switchlar bevosita sozlanishi mumkin, lekin boshqarishning tarmoq protokollarini qo`llamaydi. Boshqarilmaydigan va boshqariladigan switchlar orasidagi farq, tarmoq menejmenti protokoli SNMPni qo`llash orqali boshqariladigan switch tarmoq bo`yicha mahsus dasturlar yordamida masofadan o`zini konfiguratsilashi va ishini boshqarishi mumkin.
Boshqariladigan switchlar nazorat kuchli talab etiladigan, murakkab topologiyali tarmoqlarda ko`proq o`rnatiladi. Bunday qurilmalarning bajaradigan asosiy vazifalari: tarmoq trafigi monitoringini olib boorish, portlar konfiguratsiyasini boshqarish, virtual tarmoqlarni tashkil etish, kanallar guruhini birlashtirish.
Boshqariladigan switchlar kanal va shunindek tarmoq darajalarda keng miqyosda funksiyalarni bajarishni ta’minlaydi. Bunday qurilma boshqaruviga kirish mahsus web interfeys yoki buyruqlar qatori yoki harxil SNMP, Telnet protokollari orqali amalga oshirilishi mumkin. Switchlar ma’lumotlarni uzatish ichonarliligi va vaqtishartliligi orasidagi farq bo`yicha har xil kommutatsiyalash usullaridan foydalanadi:
Store and Forward –xatoliklarni tekshirish maqsadida ma’lumotlar kadridagi barcha axborotni to’liq o`qishi va paketni tanlangan portga uzatishi.
Cut–through – oluvchining manzili saqlangan ma’lumotlar kadri sarlavhasini o’qigandan so`ng darhol kommutatsiyalash jarayoni ro`y berishi. Ma’lumotlarning vaqt bo`yicha ushlanishi qisqaradi, lekin, xatoliklarni topish mumkin bo`lmay qoladi, ishonarlilik pasayadi.
Fragment–tree – paketlar qayta fil`trlangach uzatiladi
Bunday tipdagi switchlar uy sharoitida kam ishlatiladi. Kata va murakkab strukturali tuzilishlarda, internet provayder, korporativ lokal tarmoqlarida, kommutatsiyalash uchun mo`ljallangan.
HD – 301 rusumli HDMI switch qurilmasi bitta HDMI foydalanuvchining uchta HDMI manbaga ulanish va tezkor tanlash imkonini yaratadi. Uning komplektida masofadan boshqarish pulti ham joylashtirilgan. Shuningdek bu qurilma uzun HDMI kabelning oxirilarida HDTV signallarni tiklash uchun ulanishi mumkin. Korpusi plastik materialdan.
HD – 301 asosiy xarakteristikalari: bitta HDMI 1.3 qurilma kirishiga uchta hdmi 1.3 qurilma ulanadi, HDCP 1.2 protokollarini qo‘llaydi, rang chuqurligi 30 bit, 36 bit rangni qo‘llaydi, DTS-HD/Dolbe-true HD/LPCM7.1/DTS/Dolby-AC-3/DSD formatlari bilan moslashtiriladi, Blue-Ray 24/50/60fs/HD-DVD/xvYCC larni qo`llaydi, 15 metr uzunlikdagi AWG26 HDMI 1.3 kabeli orqali kirish, 25 metr uzunlikdagi AWG26 HDMI 1.3 kabeli orqali chiqish ulanish imkoniyati, signal sifatida yo`qotishlar bo`lmaydi, ulanish sekundlarda amalga oshiriladi, 5 volt manba, ishlash kafolati 12 oy.
Switch Ethernet – interfeys orqali tarmoqda bir necha kompyuterlarni birlashtirish uchun mo`ljallangan bo`ladi. U nisbatan “aqlli” qurilma, so`rovlarga asosan mijozlararo ma’lumotlar paketlarini taqsimlaydi.
Switch mijoz kompyuter tarmoq kartasining to`g`ri sozlanishini talab qiladi. IP – manzil va tarmoqosti maskasi bir – biriga mos kelishi kerak (tarmoqosti maskasi IP – manzilning bir qismini tarmoq manzili, qolganini esa mijoz manzili kabi ko`rsatadi). Kanal darajada ma’lumotlar almashinishini tashkil etadi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling