Qo`shimcha qism: bolalar yangi syujet o`ylab topishlari mumkin (masalan, mexmon kutishga tayyorgarlik ko`rayapmiz).
E`tiborga molik jihati: bolalarning oilada muomalaga kirishishlari; vaziyatni maromiga yetkazib o`ynay olishlariga.
Til va nutq markazi
«Kuz» syujetli suratga qarab hikoya tuzish
Maqsad: kuzning belgilarini, kuzda tabiatning va ob-havoning o`zgarishini biladi, lug`at boyligini yangi tushunchalar bilan oshiradi va og`zaki nutqini faollashtiradi, rasmga qarab so`zlab berishda bog`lanishli nutqni rivojlantiradi.
Jihoz va materiallar: kuz tasvirlangan rasm, kuz xaqida adabiyotlar, AKT, slaydli disklar.
Faoliyatning borishi:
«Kuz» rasmini tomosha qilish;
Bolalar shu suratga aloqador bo`lgan so`zlarni topadilar.
Bolalar rasmga qarab tasviriy hikoya tuzadilar.
Qo`shimcha qism: mavzuga doir badiiy asarlarni tomosha qilish..
E`tiborga molik jihati: agar bola to`liq gap bilan javob berolmasa, unga yo`naltiradigan savollar va so`zlar bilan yordam berish, kuzatish qobiliyati va nutqni rivojlantirish.
Fan va tabiat markazi
Qushlar xaqida albom tomosha qilish.
Maqsad: albomda tasvirlangan rasmlardagi qush turlarini biladi,tabiatdagi qushlarning xayot tarzi xaqidagi ma`lumotlarni yig`adi, qushlar o`rtasidagi o`xshashlik va tafovutlarni farqlaydi, o`xshash va farqli tomonlarini taqqoslaydi.
Jihoz va materiallar: qushlarni rasmidan iborat bo`lgan fotoalbom, mavzuli kartochkalar, qushlar siluetlari.
Faoliyatning borishi:
«Qushlar» fotoalbomini ko`rish;
Qushlarning o`xshashliklari iva farqlari asosida kartochkalarni klassifikasiyalashtirish.
Qushlar siluetlari va rasmlarini taqqoslash.
Qo`shimcha qism: tarbiyachi bolalarga badiiy so`z bilan yo`naltirgan xolda qushlar patlari, tuxumlari (sensor tarbiya) bilan tanishishni taklif etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |