O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil


Download 0.49 Mb.
bet27/182
Sana03.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1076106
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   182
Bog'liq
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

Qo`shimcha qism: bolalar yangi syujet o`ylab topishlari mumkin (masalan, mexmon kutishga tayyorgarlik ko`rayapmiz).
E`tiborga molik jihati: bolalarning oilada muomalaga kirishishlari; vaziyatni maromiga yetkazib o`ynay olishlariga.
Til va nutq markazi
«Kuz» syujetli suratga qarab hikoya tuzish
Maqsad: kuzning belgilarini, kuzda tabiatning va ob-havoning o`zgarishini biladi, lug`at boyligini yangi tushunchalar bilan oshiradi va og`zaki nutqini faollashtiradi, rasmga qarab so`zlab berishda bog`lanishli nutqni rivojlantiradi.
Jihoz va materiallar: kuz tasvirlangan rasm, kuz xaqida adabiyotlar, AKT, slaydli disklar.
Faoliyatning borishi:

  1. «Kuz» rasmini tomosha qilish;

  2. Bolalar shu suratga aloqador bo`lgan so`zlarni topadilar.

  3. Bolalar rasmga qarab tasviriy hikoya tuzadilar.

Qo`shimcha qism: mavzuga doir badiiy asarlarni tomosha qilish..
E`tiborga molik jihati: agar bola to`liq gap bilan javob berolmasa, unga yo`naltiradigan savollar va so`zlar bilan yordam berish, kuzatish qobiliyati va nutqni rivojlantirish.
Fan va tabiat markazi
Qushlar xaqida albom tomosha qilish.
Maqsad: albomda tasvirlangan rasmlardagi qush turlarini biladi,tabiatdagi qushlarning xayot tarzi xaqidagi ma`lumotlarni yig`adi, qushlar o`rtasidagi o`xshashlik va tafovutlarni farqlaydi, o`xshash va farqli tomonlarini taqqoslaydi.
Jihoz va materiallar: qushlarni rasmidan iborat bo`lgan fotoalbom, mavzuli kartochkalar, qushlar siluetlari.
Faoliyatning borishi:

  1. «Qushlar» fotoalbomini ko`rish;

  2. Qushlarning o`xshashliklari iva farqlari asosida kartochkalarni klassifikasiyalashtirish.

  3. Qushlar siluetlari va rasmlarini taqqoslash.

Qo`shimcha qism: tarbiyachi bolalarga badiiy so`z bilan yo`naltirgan xolda qushlar patlari, tuxumlari (sensor tarbiya) bilan tanishishni taklif etishi mumkin.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling