Jihoz va materiallar: kubiklar, geometrik shakllar, qurilish bloklari, rasm namunalari.
Faoliyatning borishi:
1. Raqamlar aks etgan rasmlarni ko`rib chiqish va ularning bo`laklarini tahlil qilish;
2. Raqam bo`laklari o`xshashliklarini taqqoslash va ularni to`g`ri ketma-ketlikda joylashtirish;
Yirik raqamlarni qurish va ularni to`g`ri ketma-ketlikda joylashtirish;
Bolalar ishlarini muhokama qilish va rag`batlantirish.
Qo`shimcha qism: bolalar raqamlarni mayda qurilish materiallaridan foydalanib qurishadi.
E`tiborga molik jihati: bolalarni jamoadaishlashga o`rgatish; fikrlashni, tasavvur va nutqni rivojlantirish; Hayot xavfsizligi qoidalari.
Syujetli-rolli o`yinlar va Dramalashtirish markazi
«Ikki do`st» sahnalashtirilgan asari
Maqsad: «do`st» so`zi tushunchasini biladi, hayotda tengdoshlari o`rtasidagi do`stona munosabatlardan misollar keltiradi. Do`stlar ta`riflangan ijod namunalarini aytishadi.
Jihoz va materiallar: niqoblar,chiptalar,koptok.
Faoliyatning borishi:
1. Mavzuga oid rasmlarni ko`rib chiqish;
2. Ertak syujetlarini eslashadi;
Rollarni taqsimlash va «Ikki do`st» sahnalashtirilgan ertagi.
Qo`shimcha qism: to`g`ri muloqot nutqiga e`tibor qaratish lozim.
E`tiborga molik jihati: aktyorlik mahorati,so`zlardan to`g`ri foydalanish, tasavvur va nutqni rivojlantirish.
Til va nutq markazi
Do`stlar ismlarini yozamiz
Maqsad: «do`st» so`zi tushunchasini tushunadi. O`z do`stligi haqida misol keltiradi. O`z do`stlari ismlarini aytadi. O`z ismi ma`nosini biladi.
Jihoz va materiallar: rangli sanoq tayoqchalar, har bir bola uchun tarqatma alifbo.
Faoliyatning borishi:
1. «Do`stlar bilan uchrashuv» barmoq gimnastikasini o`ynash;
2. Do`stlar ismlari bilan yozilgan tablichkalarni ko`rib chiqish;
Do`stlar ismlarini yozish;
Alohida tablichkada bolalar o`zlarining ismlarini yozishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |