O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil


Download 0.49 Mb.
bet20/182
Sana03.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1076106
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   182
Bog'liq
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

E`tiborga molik jihati: texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etishi; hayot, san`at va ilmni bir-biri bilan bog`lash; fikrlashni, nutqni, tasavvurni va mayda motorikani rivojlantirish.
Til va muloqot markazi
Oila daraxti
Maqsad: mantiqiy fikrlash rivojlanadi, faol va passiv nutq, oilasidan faxrlanish tuyg`usi shakllanadi.
Jihoz va materiallar: daraxt tasvirlangan rasm, oila a`zolari fotosuralari (har bir bola)
Faoliyatning borishi:

  1. Bolalar o`zlarining oila a`zolari fotosuratlari solingan konvertni oladilar.

  2. Eng katta avlod vakilidan boshlab, ismlarini aytib, daraxt ildiziga joylashtiradilar.

  3. Rasmlarni tanlashni hamda joylashtirishni davom ettirdilar va ish jarayonida tushuntirib, ta`riflab beradilar (masalan, bu mening bobom, Uning ismi Ibroximov Toxir).

Qo`shimcha qism: bolalar oila haqidagi maqollarni eslaydilar.
E`tiborga molik jihati: o`z oilasining barcha a`zolarini bilishga, gapni to`g`ri tuza olishni bilishi.
SENTYaBR 4 HAFTASI
MEN VA MENING DO`STLARIM

Qurilish markazi
Domino - «Sehrli raqamlar»
Maqsad: 10 gacha bo`lgan son va teskari sanashni biladi, hisob bo`yicha oldingi va keyingi raqamlarni aytgan holda sonlar tartibini tuzadi. Yog`ochdan yasalgan dominodan turli shakllarni yaratadi.
Jihoz va materiallar: yog`och soqqalar, raqamli, shaklli domino, tushirib qoldirilgan joyi mavjud bo`lgan bir qancha raqamlar tasvirlangan kartochkalar.
Faoliyatning borishi:

  1. 1 dan 10 gacha bo`lgan raqamli dominoni tanlaydilar va ularni tartib bilan terib chiqadilar.

  2. Mavjud bo`lmagan raqamni topib to`ldirish lozim bo`lgan vazifa berilgan kartochkani oladilar.

  3. Raqamlardan domino yasaydilar.

Qo`shimcha qism: Tarbiyachi raqamlar bilan bog`liq vazifalarni yechishda domino toshlari bilan Qo`shimcha qism o`yinni bolalarga taklif etish mumkin. Hisob 20 gacha.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling