E`tiborga molik jihati: fikrlash va qo`l motorikasini rivojlantirish, matematik qobiliyatlarni rivojlantirish. Hayot xavfsizligi qoidalari.
Syujetli-rolli o`yinlar va Dramalashtirish markazi
Do`stlar bilan teatrda
Maqsad: o`zini teatrda qanday tutish kerakligini biladi. Aktyorlik kasbi. Aktyorlar faoliyati tushunchasiga ega bo`ladi. Muloqot madaniyatining elementar ko`nikma va malakalari shakllangan bo`ladi.
Jihoz va materiallar: niqoblar,liboslar, atributlar, chiptalar, mavzuga oid rasmlar va foto.
Faoliyatning borishi:
Mavzuga oid rasmlarni ko`rib chiqish;
Bolalarning teatr haqidagi tushunchalarini eshitish;
Bolalarning istak-xohishi bo`yicha rollarni taqsimlash;
Syujetni boyitish.
Qo`shimcha qism: tarbiyachi bolalarga ko`rgan spektakllaridan parcha o`ynab berishlarini taklif etishi mumkin.
E`tiborga molik jihati: jamoada ishlashni bilishi; bolalarning aktyorlik qobiliyatlarani rivojlantirish. Hayot xavfsizligi qoidalari.
Til va muloqot markazi
Do`sti haqida hikoya
Maqsad: shaxsiy tajribasidan kelib chiqib hikoya tuzadi; hikoya voqyea va hodisalaridan his-tuyg`uga to`la holda ta`sirlanadi. Hikoya qilib berish jarayonida o`z nutqiga e`tiborli bo`ladi.
Jihoz va materiallar: do`sti fotosurati (mashg`ulotdan oldin bolalardan o`z do`sti yoki dugonasining fotosuratini olib kelishni yoki portret chizishlari so`raladi)
Faoliyatning borishi:
1. Bolalar do`st haqidagi maqollarni eslaydilar.
Do`sti fotosuratini biri-birlariga ko`rsatishadi va do`sti haqida kichik hikoya tuzadi.
Qo`shimcha qism: do`stlik haqidagi qo`shiqni birgalikda kuylashadi.
E`tiborga molik jihati: hikoya qilish jarayonida bolaning nutqi; suhbat davomida do`stini tinglashni bilishi.
Ilm-tabiat markazi
Do'stlaringiz bilan baham: |