Tomchilash usulida sug`orish.
Maqsad: o`simliklarni sug`orish usullarini biladi: odatiy sug`orish, naycha orqali sug`orish, tomchilatish usulida sug`orish. O`simliklarni sug`orish usullarini taqqoslaydi.
Jihoz va materiallar: undirilgan urug` yoki o`simlikli lotok yoki tuvakcha, leyka, turli hajmdagi baklajkalar, naychalar, baklajka uchun uchlik.
Faoliyatning borishi:
Unib chiqqan urug`larni kuzatish.
«o`simliklarni tomchilatish usulida sug`orish» tajribasini o`tkazish.
Kuzatish jadvaliga yozuvni qayd etishadi: sana va urug`ning taxminiy bo`yi. Qo`shimcha qism: bajarilgan ishni tasvirlab berish yoki rasmda aks ettirish. E`tiborga molik jihati: bolalarning mexnatga munosabati, birgalikdagi faoliyatni tashkillashtirish.
San`at markazi
Xosilni terib olamiz Maqsad: did, tafakkur, qo`l motorikasini rivojlantiradi, hajm, shakl va rangni uyg`unlashtira oladi.
Jihoz va materiallar: oq tuproq yoki sho`r xamir, guashlar, tabiiy materiallar, plastilin.
Faoliyatning borishi:
Sho`r xamir yoki oq tuproqdan savat yasash;
Plastilindan meva va sabzavotlarni tayyorlash (bola tanloviga ko`ra)
Savatni meva va sabzavotlar bilan to`ldirish. Qo`shimcha qism: ijodiy ishlar ko`rgazmasini tashkil etish.
E`tiborga molik jihati: xayoti va sog`ligini muxofaza qilinishini kuzatish va toza ishlashni bilish, tafakkuri va mayda motorikani rivojlantirish
OKTYaBR 3 HAFTASI
«NON ENG AZIZ NE`MAT»
Qurish-yasash va matematika markazi.
Legodan yuk mashinasi.
Maqsad: shakl va rang xaqidagi bilimlaridan foydalanadi, lego bo`laklaridan katta yuk mashinasi yasaydi, yuk mashinasining qismlari joylashuvini tushunadi, xaydovchi kabinasi va yuk bo`limi, mashinaning vazifasi xaqidagi bilimlarini mustahkamlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |