Qo`shimcha qism: bolalar undan iborat bo`lgan mahsulotlarni sanab o`tishadi.
E`tiborga molik jihati: nutqning rivojlanganligiga, rasmlarga qarab analiz qilish va kichik hikoyalarni tuza olishiga.
Fan va tabiat markazi
Un va xamirturishni xususiyatlari:
Maqsad: Un va xamirturishni taqdim qila oladimi, nima sababdan non ko`tariladi va hajmi kattalashadi.
Jihoz va materiallar: idishlar, un, xamirturush, shakar, tuz, kulcha.
Faoliyatni olib borilishi:
Bolalar mustaqil maqol va topishmoqlar aytadilar yoki tarbiyachi yordamida:
- Tuzsiz, nonsiz yarim tushlik
- Non bo`lsa qo`shiq bo`lar
- Kimda non bo`lsa, u doim xursand.
Un va xamirturush orqali tajriba (xamirturushdan xamir tayyorlaymiz)
Bolalar ishlaydi va natijani kuzatadi.
Qo`shimcha qism: Bulichka va non tayyorlanishini kuzatish.
E`tiborga molik jihati: Non shaklini tayyorlashda extiyotkorlik bilan yondoshish; xayot xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.
San`at markazi
Non haqida al`bom ishlash( kichik guruhda ishlash)
Maqsad: Non haqida bilish, non va non mahsulotini rasmini chizish. Yangi shaklda jamoa bo`lib ishlashni o`rganish, albom` tayyorlash va uni birgalikda bezatish.
Jihozlar va materiallar: Rangli qog`oz, karton qog`oz, bo`yoq cho`tkalar, rangli qalamlar, qaychi, yelim va yig`ma rasmlar.
Faoliyatni olib borilishi:
Ishni rejalashtirish. Vazifalarni bo`lib berish ( kimdir chizadi, kimdir qirqib aplikasiya ishini bajaradi).
Ishning bajarilishi.
Umumiy ishlarni albomga yopishtirish.
Kirish qismini bezatish.
Qo`shimcha qism: Non haqida albom ko`rgazmasini tashkil qilish
E`tiborga molik jihati: Sanitariya va gigiyena talablariga rioya qilish; do`stni mehnatini qarlash, tasavvurni rivojlantirish, nutqni rivojlantirish va mayda qo`l matorikasini rivojlantirish.
Qurish, yasash va matematika markazi
Do'stlaringiz bilan baham: |