E`tiborga molik jihati: bolalarning kuzatish va xulosa chiqarish bilimiga, daraxtlarning o`xshashliklari va farqlarini topa olishlariga. OBJ.
San`at markazi
Kuzgi gullar va barglardan gerbariy.
Maqsad: gul va o`simliklarni uyg`unlashtira oladi, tafakkuri, nafosati, qo`l motorikasini shakllantiradi. O`z ijodiyotini chiroyli bezaydi.
Kerakli Jihoz va materiallar: qurigan o`simlik va gullar, rangli kartonlar, qog`oz, yelim, stepler (kattalar yordamida), ramka.
Faoliyatning borishi:
Bolalar tayyor gerbariylarni tomosha qilishadi.
Markazdagi materiallarni o`rganib chiqishadi, o`z ishi uchun zarur bo`lgan materialni tanlashadi.
Gerbariy yasab, kartonga maxkamlashadi.
O`z ishlarini bezashadi.
Qo`shimcha qism: o`z ishni nomlashadi.
E`tiborga molik jihati: toza ishlashiga va gigiyenik normalarini o`sib borishiga, tafakkuri va mayda motorikasining shakllanishiga.
OKTYaBR 2 HAFTASI
«SERHOSIL KUZ»
Qurish-yasash va matematika markazi
«Meva va sabzavotlar uchun omborxona»
Maqsad: qishga oziq-ovqatlarning jamlanishi xaqidagi bilimlarini boyitadi. Meva va sabzavotlarni saqlash uchun stellaj va javonlarning joylashishini tushunadi.
Jihoz va materiallar: kubiklar, katta va kichik g`ishtchalar, geometrik shakllar, lego shakllari, yog`och stellajlar, meva va sabzavot mulyajlari.
Faoliyatning borishi:
Bolalar qurilish materiallarini o`rganishadi va omborxona qurilishini rejalashtirib olishadi.
Meva va sabzavotlar uchun omborxona qurilishi;
Meva va sabzavotlarning quti va javonlarga taqsimlanishi.
Qo`shimcha qism: arava va savatni qo`llagan xolda meva va sabzavotlarning omborxonaga yetkazilish vaziyatini o`ynash.
E`tiborga molik jihati: bolalarning jamoada o`ynay olishini.
Syujetli-rolli o`yinlar va Drammatizasiyalash markazi
Do'stlaringiz bilan baham: |