Jihoz va materiallar: geometrik, hamda qurilish kerakli shakl va jihozlar, yo`l.
Faoliyatning borishi:
Piyoda mavzusidagi rasmlarni kuzatish.
Bolalar bilan «Piyodalar yo`lagi» ni qurish rejasini tuzish.
Geometrik shakllardan «Piyodalar yo`lagi»ni qurish.
«Piyodalar yo`lagi»ni o`lchash.
Bolalar ishini muxokama qilish va rag`batlantirish.
Qo`shimcha qism: Tarbiyachi bolalarga oq qog`ozdan lentachalar kesib, piyoda yo`lakchasini yopishtirishni tavsiya etadi.
E`tiborga molik jihati: Bolalarning jamoada ishlashi, qurilishda tozalikka e`tibor, hayot havfsizligi saboqlari.
Syujetli-rolli o`yinlar va Dramalashtirish markazi
«Men piyoda»
Maqsad: Jamoat joylarida o`zini tuta oladi. Transport vositalarining havfli ekanligini tushunadi. Transport turlarini farqlaydi. Kuzatish, tahlil qilish, xulosa chiqarish malakasiga ega.
Jihoz va materiallar: Ko`rsatkich, mashinalar, hizmat bosh kiyimi, yo`l ko`rsatish tayoqchasi.
Faoliyatning borishi:
Mavzuga oid mavzularni kuzatish;
Bolalar bilan sayrga borish joyini rejalashtirish;
Qog`oz kartondan ko`rsatkich va belgilarni tayyorlash;
Bolalar orasida rollarni taqsimlash;
O`yin ishtirokchilarining diqqatlarini yo`lni to`g`ri kesib o`tishga, yo`l belgilariga rioya etishga chaqirish;
Jamoa joylarida tartib saqlash, yo`l belgilari haqidagi bilimlarini mustahkamlash;
O`yinlar muhokamasi va bolalarni rag`batlantirish.
Qo`shimcha qism: Tarbiyachi bolalar bilan «Bilmasvoy shaharda (qishloqda) mavzusida o`yinni sahnalashtirishi mumkin. «Uydan bog`chagacha» yo`l xaritasini tuzish, jamoat joylarida jamoa tartibi qoidalariga rioya qilish, atrofga e`tiborli bo`lish, tozalikni saqlash, piyodalar yo`lkasidan yurish, katta yo`lga chiqib ketmaslik, piyodalar yo`lkasi yo`lovchilar uchun ajratilgan bo`lib, piyodalar yo`lagi bo`lmagan taqdirda katta yo`lning chetidan mashinalar qatnoviga qarama-qarshi yurishi lozimligini tushuntiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |