O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil


Download 0.49 Mb.
bet98/182
Sana03.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1076106
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   182
Bog'liq
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

Qo`shimcha qism: yaxshilik va yomonlik haqidagi ertakni o`qish.
E`tiborga molik jihati: bolalarni ertaklar misolida ezgulik, hamdardlik va bir-birini hurmat qilishga o`rgatish.
San`at markazi
Rasm chizish «Ezgulik daraxti» Maqsad: chizma bo`yicha barglar va daraxtni chiza olish.
Kerakli Jihoz va materiallar: qog`oz, guash, qog`oz sochiqlar, mo`yqalam, qaychi, yelim.
Faoliyatni olib borilishi:
1. Bolalar turli daraxtlar suratlarini tomosha qiladilar. Daraxtlar qanday foyda keltirishini gapirib beradilar.
2. O`zining ezgulik daraxtini chizish.

  1. Barglarni chizish.

Qo`shimcha qism: o`zining ezgulik daraxti haqida hikoya o`ylab topish.
E`tiborga molik jihati: bolalarda ezgu hissiyotlarni uyg`otish orqali ijodiy salohiyatini namoyon etish.
San`at markazi
Jamoaviy loy ishi «Choyga marhamat»
Maqsad: plastilindan qo`g`irchoqlar uchun choynak va piyola yasash, jamoa bo`lib ishlay olish.
Kerakli Jihoz va materiallar: chizma,plastilin, taxtakachlar, , stek, sochiqlar, idishni bezash uchun turli xildagi ashyo.
Faoliyatni olib borilishi:
1. Tarbiyachi bilan birgalikda M.Nuriddinovaning «Choyga marhamat» she`rini o`qish.
Keling do`stlar choyga marhamat,
Birgalikda chaq - chaqlashaylik.
So`ng aytib sizga katta rahmat,
Kulib, dildan inoqlashaylik.
2. Qo`g`irchoq uchun choynak va piyola yasash.
Qo`shimcha qism: choynak va piyolani munchoqlar bilan bezatish.
E`tiborga molik jihati: mayda motorikani rivojlantirish, ko`z bilan chamalash.
San`at markazi
Applikasiya «Tabriknoma»
Maqsad: mustaqil holda tabriknoma tayyorlash.
Kerakli Jihoz va materiallar: ishni bosqichma-bosqich bajarish bo`yicha yo`riqnoma, rangli karton, rangli qog`oz, qaychi, yelim, mo`yqalam, sochiqcha, bo`yoq, kleyenka.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling