Loy ishi « Foydali vitaminlar»
Maqsad: loy ishida har xil usullarda mevalar shaklini bera oladi ( dumaloqlash, yapaloqlash, ezish).
Kerakli Jihoz va materiallar: plastilin, stek, qo`l uchun qog`oz sochiqcha, loy ishi uchun taxtakach, tabiiy sabzavot va mevalar: apelsin, banan, olma, sabzi va h.k.
Faoliyatni olib borilishi:
Bolalar meva va sabzavotlarni ko`rib chiqib, qanday foydali vitaminlar yasashni tanlaydilar.
Kerakli bo`lgan rangdagi plastilinni oladilar.
Faoliyatni boshlashadi.
Qo`shimcha qism: meva va sabzavotlar uchun Qo`shimcha qism savatcha yasashi mumkin.
E`tiborga molik jihati: mayda qo`l motorikasini rivojlantirish uchun, ko`zda mo`ljal olish, tasavvur qilish. Plastilin bilan tartibli, mustaqil, faol ishlashni tarbiyalash.
San`at markazi
Applikasiya «Odamchamizni kiyintiramiz»
Maqsad: applikasiyada har xil qog`ozlardan foydalanadi, ranglar hamohangligini tanlaydi.
Kerakli Jihoz va materiallar: qaychi, pva yelim, mo`yqalam, ho`l sochiqcha, kleyonka, rangli karton, flamaster, munchoq, tugmacha, kiyim aks etgan suratlar.
Faoliyatni olib borilishi:
Bolalar Qurilish markazida yasagan odamchalarini olishadi va ularga qanday kiyim yasashini tanlashadi.
Rangli qog`oz tanlaydi. Kiyim yasashadi.
Kiyimni bezaydilar.
Qo`shimcha qism: bolalar ijod faoliyati ni ko`rgazmasini o`tkazish.
E`tiborga molik jihati: bolalarning ijodiy tasavvuri
4 HAFTA YaNVAR
MAVZU: «XUSHMUOMILALIK ALIFBOSI»
Qurish va yasash markazi
Qog`ozdan yasash «Ezgu ishlar yelpig`ichi»
Maqsad: qog`oz va qaychi bilan ishlashni, qog`ozni teng yarmiga, bir necha bor ketma- ketlikda buklashni biladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: ezgu ishlar yozilgan yelpig`ich qismlari, tayyor yelpig`ich shakli.
Do'stlaringiz bilan baham: |