O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil


Download 0.49 Mb.
bet90/182
Sana03.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1076106
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   182
Bog'liq
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

Faoliyatni olib borilishi:

  1. Bolalar inson tanasi aks etgan katta hajmdagi ko`rgazmani tomosha qiladilar. Kim nima bilishini o`zaro o`rtoqlashishadi.

  2. Bolalar odam tanasini qismlarini tomosha qilib va shunga qarab tana azolarini harakatlanadigan qilibodamchani yig`ishadi (tarbiyachi yig`ish chizmasini ko`rsatib berishi mumkin).

  3. Yig`ilgan odamchaga yuz shaklini chizishadi va iplar bilan soch qismini yaaratishadi.

Qo`shimcha qism: inson tanasi ichki a`zolarini tarqatmasi
E`tiborga molik jihati: tasavvur va qo`lning mayda motorikasini rivojlantirish
Qurish va yasash markazi
Qurish «Robot-odam»
Maqsad: chizma, rasm asosida shuningdek, shaxsiy fikriga ko`ra qura oladi, turlicha hajmdagi katta-kichik shakllarni taniydi, raqamlarni sanashni biladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: Konstruktorlar, kubiklar, yog`och va yelim modul yig`malar.
Faoliyatni olib borilishi:

  1. Bolalar bilan Robot-odam qurishni rejalashtirish. Yig`ish uchun kerakli quti va kubiklarni tanlab olish.

  2. Birgalikda qurishadi.

  3. Yig`ilgan robot-odamchaga ism qo`yishadi.

Qo`shimcha qism: robot-odamillyustrasiyasini tmoosha qilish.
E`tiborga molik jihati: ijodiy tasavvurni rivojlantirish, vazifalarni taqsimlashni va jamoa bo`lib ishlashni bilish.
Syujet-rolli o`yinlar va Dramalashtirish markazi
Syujet-rolli o`yinlar «Poliklinika»
Maqsad: shifokor kasbini biladi, o`yin davomida shifoxona, poliklinika, dorixona, shifokor mehnati tushunchalaridan foydalanadi.
Kerakli Jihoz va materiallar: stol, stul, shifokor uchun xona, oq xalat, tibbiyot anjomlari, shpris, tana haroratini o`lchovchi asbop, jadvallar, yoritkichlar, dorilar, kassa, «Ona va qiz» o`yini uchun mayishiy jihozlar, idishlar, stollar, stullar, ona uchun sumka, tibbiy ma`lumotnoma uchun qog`oz, karton, ruchka, qog`oz pullar, qo`g`irchoqlar.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling