Faoliyatni olib borilishi:
Bolalar inson tanasi aks etgan katta hajmdagi ko`rgazmani tomosha qiladilar. Kim nima bilishini o`zaro o`rtoqlashishadi.
Bolalar odam tanasini qismlarini tomosha qilib va shunga qarab tana azolarini harakatlanadigan qilibodamchani yig`ishadi (tarbiyachi yig`ish chizmasini ko`rsatib berishi mumkin).
Yig`ilgan odamchaga yuz shaklini chizishadi va iplar bilan soch qismini yaaratishadi.
Qo`shimcha qism: inson tanasi ichki a`zolarini tarqatmasi
E`tiborga molik jihati: tasavvur va qo`lning mayda motorikasini rivojlantirish
Qurish va yasash markazi
Qurish «Robot-odam»
Maqsad: chizma, rasm asosida shuningdek, shaxsiy fikriga ko`ra qura oladi, turlicha hajmdagi katta-kichik shakllarni taniydi, raqamlarni sanashni biladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: Konstruktorlar, kubiklar, yog`och va yelim modul yig`malar.
Faoliyatni olib borilishi:
Bolalar bilan Robot-odam qurishni rejalashtirish. Yig`ish uchun kerakli quti va kubiklarni tanlab olish.
Birgalikda qurishadi.
Yig`ilgan robot-odamchaga ism qo`yishadi.
Qo`shimcha qism: robot-odamillyustrasiyasini tmoosha qilish.
E`tiborga molik jihati: ijodiy tasavvurni rivojlantirish, vazifalarni taqsimlashni va jamoa bo`lib ishlashni bilish.
Syujet-rolli o`yinlar va Dramalashtirish markazi
Syujet-rolli o`yinlar «Poliklinika»
Maqsad: shifokor kasbini biladi, o`yin davomida shifoxona, poliklinika, dorixona, shifokor mehnati tushunchalaridan foydalanadi.
Kerakli Jihoz va materiallar: stol, stul, shifokor uchun xona, oq xalat, tibbiyot anjomlari, shpris, tana haroratini o`lchovchi asbop, jadvallar, yoritkichlar, dorilar, kassa, «Ona va qiz» o`yini uchun mayishiy jihozlar, idishlar, stollar, stullar, ona uchun sumka, tibbiy ma`lumotnoma uchun qog`oz, karton, ruchka, qog`oz pullar, qo`g`irchoqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |