Faoliyatni olib borilishi:
Ta`limiy o`yin: «Harbiyni suratini yig`!»(uchuvchi, dengizchi, tankchi, desantchi, quruqlik qo`shinlari).
Bolalar surat asosida hikoya tuzishadi va bir-birlariga hikoya qilib berishadi.
Bolalar suratdagi harbiyga mos bo`lgan so`zlarni tanlashadi: uchuvchi, tankchi, dengizchi, desantchi, milisioner va h.k.
Qo`shimcha qism: Bolalar magnit doskaga harbiy kasb nomlarini joyiga joylaydi. E`tiborga molik jihati: bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o`zining armiyasidan faxrlanish tuyg`usini shakllantirish.
Ilm-fan va tabiat markazi
Tajriba ishi «Havo - ko`rinmas shamol»
Maqsad: tajriba ishini o`tkazish, tajriba masalasini ajratish, mustaqil faoliyat uchun jihoz tanlash.
Kerakli Jihoz va materiallar: qog`ozdan yasalgansamolyotlar (Qurilish markazidan), bir tog`oracha suv va shag`amlar.
Faoliyatni olib borilishi:
Stol chetiga samolyotlarni qo`yib, bolalar unga puflaydilar. Kimning samolyoti uzoqqa uchganini kuzatadilar.
Tog`oradagi suvga bolalar shamolni aks ettirib puflaydilar, qanchalik qattiq puflansa tog`oradagi suv shunchalik to`lqinlanadi.
Bolalar tahlil qiladilar, shamol ko`rinmaydi, biroq u o`zining xususiyatiga ega. Shamol- bu havoning harakati.
Qo`shimcha qism: tarbiyachi rahbarligi ostida shag`am bilan tajriba o`tkazish. Shag`amni yoqish va yelpig`ich yordamida uni o`chirish.
E`tiborga molik jihati: o`tkazilgan tajribalarni bolalar ko`rishi va kuzatishi lozim.
Ilm-fan va tabiat markazi
Dramalashtirilgan o`yin «Biz va tabiat»
Maqsad: muammoli vaziyatlarni hal etish, bizni o`rab turgan tabiatni asrash, o`simlik va jonivorlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`lish.
Kerakli Jihoz va materiallar: magnit doska, «Atrofimizdagi olam» mavzusida suratlar to`plami.
Do'stlaringiz bilan baham: |