O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil


Download 0.49 Mb.
bet83/182
Sana03.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1076106
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   182
Bog'liq
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

Faoliyatni olib borilishi:

  1. Bolalarga kesma kartochkalar taklif etiladi. Qishki sport turi aks etgan kartochkani to`g`ri tuzish.

  2. Bolalarga qishki sport turi aks etgan kartochkalar taklif etiladi. Bola ushbu sport turiga muvofiq bo`lgan sport jihozi aks etgan kartochkani tanlaydi.

  3. Bolalar sport turlari aks etgan kartochkalarni oladilar va unda qanday sport turi aks etganligini so`zsiz ko`rsatib beradilar.

Qo`shimcha qism: bolalar bilan qish va uning ajoyibotlari, qishki sport turlari haqida suhbatlashish, shu mazmundagi illyustrativ suratlarni ko`rish.
E`tiborga molik jihati: fikrlashni,diqqatni, va harakat faoliyatini rivojlantirish, sog`lom hayot tarziga qiziqish uyg`otish.
San`at markazi
«Sehrli qish» mvvzusida bolalar chizgan suratlar ko`rik-tanlovi
Maqsad: suratning mazmunini qog`ozga tushirish, qog`oz fonini hamda mazmunni uyg`unlashtiruvchi bo`yoqlarni tanlash, qog`ozga suratni joylashtirish.
Kerakli Jihoz va materiallar: qog`oz, bo`yoq va mo`yqalam.
Faoliyatni olib borilishi:

  1. Qog`oz fonini tanlash.

  2. Surat mazmunini o`ylab topish.

  3. Rasm chizish.

  4. Bolalar ishlarining ko`rgazmasi.

Qo`shimcha qism: tasviriy san`atning turlarini ajratish,
E`tiborga molik jihati: kompozisiyani yaratish.
San`at markazi
Loy ishi «Qordan bayram torti»
Maqsad: buyumga xos bo`lgan belgilarni berish, qismlarning kattaligiga (hajmiga) ahamiyat berish,qordan tort yasash.
Kerakli Jihoz va materiallar: metall tog`oracha, o`yinchoq idishlar, qum uchun idishlar jamlanmasi, qor, yirik munchoqlar, yarim tuxumsimon plastmassa idishlar, bo`yoqlar va mo`yqalam.
Faoliyatni olib borilishi:

  1. Metall tog`oracha yordamida tortning asosi uchun kichik kulcha yasash.

  2. yarim tuxumsimon plastmassa idishlarni qor bilan to`ldiriladi va tortning asosiy qismiga doira bo`ylab (beze) joylashtiriladi.

  3. Tortni rangli bo`yoq bilan bo`yash.

  4. Tortni munchoqlar bilan bezash. (mevalar o`rniga).


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling