O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil


Download 0.49 Mb.
bet82/182
Sana03.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1076106
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   182
Bog'liq
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

Qish haqida asar
Maqsad: she`rni yoddan mazmunli o`qish, she`rni muallifini bilish.
Kerakli Jihoz va materiallar: qish haqidagi surat va kitoblar
Faoliyatni olib borilishi:

  1. Bolalar qish haqida yozilgan asarlarni ko`rib chiqadilar.

  2. Kitobning muqovasidan muallifni, kitobning nomini o`qiy oladilar.

  3. Tarbiyachi yordamida qish haqidagi she`rni yod olish.

Qo`shimcha qism: bolalar bilan yozuvchi va shoirlar haqida suhbatlashish.
E`tiborga molik jihati: she`riy asarlarga ijobiy munosabat bildiradi.
Ilm-fan va tabiat markazi
«Muz va qor bilan tajriba»
Maqsad: qor va muzning fizik xususiyatlarini biladi, bilishga oid masallalarni yechadi va xulosalar chiqaradi.
Kerakli Jihoz va materiallar: ikkita stakan,(biri qor, ikkinchisi muz bilan to`ldirilgan), qor va muz aks etgan suratlar, rangli qog`ozlar (kul rang, oq va ko`k ranglari), qish ajoyibotlari aks etgan suratlar, bo`yoq va mo`yqalam.
Faoliyatni olib borilishi:

  1. Bolalar qor va muz haqida topishmoqlar o`qiydilar.

  2. Qor va muz bilan to`ldirilgan stakanlarni tomosha qiladilar.

  3. Rangi va shaffofligini aniqlaydilar.

  4. Paypaslab ko`rib qattiq va nozikligini aniqlaydilar.

  5. Haroratni ta`sirini aniqlaydilar.

Qo`shimcha qism: sayr vaqtida qorda tayoqcha bilan rasm chizishni taklif qilish.
E`tiborga molik jihati: bolalarni bilish faoliyatini rivojlantirish.
Ilm-fan va tabiat markazi
Ta`limiy o`yin «Qishki o`yinlar»
Maqsad: sportning qishki turlari haqida tasavvur hosil qilish, sport jihozlarining ahamiyatini bilish.
Kerakli Jihoz va materiallar: sportning qishki turlari va sport jihozlari aks etgan belgili yirik (topishmoqli) va kesma kartochkalar.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling