O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil


Download 0.49 Mb.
bet89/182
Sana03.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1076106
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   182
Bog'liq
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

Kerakli Jihoz va materiallar: plastilin, ishlash uchun to`shama (doska), maxsus pichoqcha, har xil turdagi harbiylar aks etgan suratlar, harbiy baza maketi.
Faoliyatni olib borilishi:

  1. Bolalar suratlar yoki har xil qo`shinlar aks etgan o`yinchoqlarni ko`rib chiqadilar.

  2. Bolalar nima yasashni tanlaydilar.

  3. O`ylaganlarini amalga oshiradi.

  4. Harbiy baza maketini quradi.

Qo`shimcha qism: nafaqat harbiylar balki harbiy texnikalarni yaratish mumkin. lepyat ne tolko voyennmx, no i voyennuyu texniku.
E`tiborga molik jihati: faollik, tashabbusni ko`rsatish, tasavvurdan foydlanish, jonajon yurtiga mexr-muxabbatni tarbiyalash, Vatan himoyachisi bo`lishga qiziqtirish.
San`at markazi
Applikasiya «Vatan himoyachilari kuniga tabriknoma»
Maqsad: O`zbek armiyasi haqida tasavvurga ega bo`lish, Vatan himoyachilari kuni qachon nishonlanishini bilish.
Kerakli Jihoz va materiallar: rangli qog`oz, karton, illyustrasiya va O`zbek armiyasi mavzusiga oid tabriknomalar, yelim, rangli qalamlar, qaychi, salfetka, taxtachalar.
Faoliyatni olib borilishi:

  1. Bolalar tayyorlangan tabriknomalarning bir necha nusxasini ko`radilar.

  2. Bayram tabriknomasini tayyorlash.

Qo`shimcha qism: jamoa bo`lib tabriknoma tayyorlash va uni «Ota-onalar uchun ma`lumotlar» burchagiga joylashtirish.
E`tiborga molik jihati: jamoa bo`lib ishlash, ishga ijodiy yondashish.
3 HAFTA YaNVAR
MAVZU: «MEN VA MENING TANAM»
Qurish va yasash markazi
Turli elementlardan odamtanasini qurish
Maqsad: odam tanasi turli xil va shakldagi hujayralardan tashkil topganligi haqida tushunchaga ega bo`ladi, ish davomida har xil buyumlardan foydalanadi.
Kerakli Jihoz va materiallar: har xil buyumlar (brosov), har bir bolaga odam tana qismlarini (qog`ozga chizilgan va qirqilgan tayyor materiallar) tarqatish, turli shakl va rangdagi munchoqlar, iplar, rangli qalamlar va h.k.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling