O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil


Download 0.49 Mb.
bet92/182
Sana03.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1076106
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   182
Bog'liq
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

Kerakli Jihoz va materiallar: quyosh maketi, gigiyena vositalari (sovun, tish cho`tkasi, taroq, sochiq),
Ta`limiy o`yin: «Bizning yordamchilarimiz», mavzuga oid jarayonlar aks etgan syujetli rasmlar, mulyajlar, mahsulotlar to`ldirilgan savat, chiniqtirish uchun jihozlar.
Faoliyatni olib borilishi:

  1. Ta`limiy o`yin: «Bizning yordamchilarimiz» - bolalarning eshitish, ko`rish, hid bilish va ta`m bilish borasidagi bilimlarini mustahkamlash. Suratlarni aniq belgilariga ko`ra guruhlarga ajratish, bu organlarning inson hayotidagi ahamiyatini bildirish.

  2. Ta`limiy o`yin: «Tartib uzviyligi» - Bolalar syujet aks etgan suratlarni tartib uzviyligida terib chiqishadi va ularning ahamiyatini tushuntiradi. (uyg`onish, yuvinish, badantarbiya, nonushta, o`yin, sayr, tushlik, kunduzgi uyqu, tolma choy, sayr, o`yin va bosh.)

Qo`shimcha qism: shaxsiy gigiyena va kun tartibi qoidalari bo`yicha suhbat.
E`tiborga molik jihati: to`g`ri ovqatlanish, chiniqish, mtm tartibidek uyda ham kun tartibiga rioya qilish.
Ilm-fan va tabiat markazi
«To`g`ri ovqatlanish - sog`liq garovi»
Maqsad: inson salomatligida vitaminlar va to`g`ri ovqatlanishni ahamiyatini biladi, odam sog`ligi to`g`r iovqatlanishga bog`liqligi haqida tushunchaga ega bo`ladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: mazmunga oid suratlar, oziq-ovqat mahsulotlari, daraxt va chelak rasmi, sut solingan yopiq stakan, mevalar
(butun, kesilgan, yog`och sixlar, qog`oz sochiqchalar)
Faoliyatni olib borilishi:

  1. Ta`limiy o`yin «Foydali va zararli yemaklar». Foydali yemaklarni daraxtga, zararli yemaklarni chiqindi chelakka solish.

  2. Ta`limiy o`yin «Sabzavot va mevalar». Bolalar sabzavot va mevalarni vitaminlarga ko`ra guruhlarga ajratish.

  3. O`yin: «Sutli mahsulotlar nomini ayt».

Qo`shimcha qism: bolalarning organizmiga foydali ta`sir ko`rsatuvchi vitaminlar, mevalar va sabzavotlar haqida suhbat.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling