Qo`shimcha qism: tarbiyachi bilan M.Rasulevaning «Sehrli so`z» asarini o`qish.
E`tiborga molik jihati: Yaxshi xulq va xushmuomilalik.
Ilm-fan va tabiat markazi
«Qushlarni parvarishlash» Maqsad: jonzotga yaxshi munosabatda bo`lish, tabiatda o`zini tutish qoidalariga amal qilish, kuzatgan holatlari bo`yicha hikoya qilib berish.
Kerakli Jihoz va materiallar: qushlar rasmlari, don, donxo`rak, qafas, videoroliklar.
Faoliyatni olib borilishi:
1. Qushlar tasvirlangan kartochkalarni tomosha qilish. O`tilgan qushlarni eslash Yangi qush bilan tanishish. Suratdagi qushlarni taqqoslash.
2. Ta`limiy o`yin «Qushlar». Hayot tarzi. Yashash muhiti. Bolalarni qushlarni tashqi ko`rinishidagi o`ziga xosligi, hayot tarzi, o`zini tutishi, muhitga moslashishi haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish.
Bolalar inson qushlarga mehr muruvvat ko`rsatayotganligi aks etgan suratlarni tomosha qiladi. Surat bo`yicha hikoya tuzadilar.
Qo`shimcha qism: so`z boyligi, nutqiy bog`lanishini boyitish, o`z atrofidagi qushlarni kuzatish, suratlarni tomosha qilish, ijodiy hiqoyalarni tuzish.
E`tiborga molik jihati: jonzotga yaxshi munosabatda bo`lish, qiziquvchanlikni oshirish, tabiatni yaqindan bilishga intilish.
Ilm-fan va tabiat markazi
Ta`limiy o`yin «Mehr ulash»
Maqsad: xushmuomila bo`lish, ijobiy va salbiy ertak qahramonlari, ularning yaxshi xatti-harakatlarini tahlil qilib, pog`onalarga ajratadi.
Kerakli Jihoz va materiallar: ikkita narvon (rangli kartondan)yassi shakldagi ertak qahramonlari (yalmog`iz kampir, tulki, ayiq, bo`ri va h.k.), va moychechak.
Faoliyatni olib borilishi:
1. Ta`limiy o`yin: «Ezgulik guli». moychechak gulini olib, har bir bandi bajarilgan yoki bajariladigan ezgu ish bilan nomlanadi.
2. Bolalar ertak qahramonlarini tomosha qiladilar.Ertak qahramonlarini yaxshi va yomon ishlarini eslab, ularni zinaning eng tepa pog`onasiga yaxshisini, eng past pog`onasiga yovuzini joylashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |