O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil


Download 0.49 Mb.
bet88/182
Sana03.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1076106
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   182
Bog'liq
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

Faoliyatni olib borilishi:

  1. Bolalar muammoli vaziyatlar aks etgan suratlarni ko`radilar, soyga nima bo`ldi? O`rmonga nima bo`ldi? Daraga nima bo`ldi?

  1. Bolalar suratlarni ta`riflashadi. Nima yaxshi-yu, nima yomonligini, biz qanday qilib tabiatni qo`riqlashimiz kerakligini tushuntiradilar.

  2. Ushbu mavzuga mos bo`lgan pazzlarni yig`adilar.

Qo`shimcha qism: «Qushlar va hayvonlar» mavzusidagi ta`limiy o`yinni o`tkazish.Bolalarni tabiatdagi jarayonlarning turli xilligiga va uni qo`riqlashga jalb etish.
E`tiborga molik jihati: tabiat va inson tushunchalarini rivojlantirish, tabiatda insonning o`rnini anglash, tabiatning ko`rkamligiga, yer yuzidagi barcha tirik jonzotga mehr-muxabbat va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`lishni tarbiyalash.
San`at markazi
Rasm chizish «Bizning jonajon armiya»
Maqsad: askar suratini chizish, jangchining timsolini yaratish, harbiy kiyimga alohida urg`u berish, qog`ozga tasvirni joylashtirish.
Kerakli Jihoz va materiallar: mavzuga oid suratlar, markazning nomlanish, A-4 formatidagi qog`oz, guash, mo`yqalam, suv uchun stakan.
Faoliyatni olib borilishi:

  1. Bolalar harbiy mavzuga oid suratlarni ko`radilar.

  2. Berilgan mavzuga o`zining xohishiga ko`ra syujetni o`ylab topadi.

  3. O`ylaganlarini amalga oshiradi. Chizish ketma-ketligi bo`yicha chizma taklif qilish mumkin.

Qo`shimcha qism: Qurish va yasash, san`at markazlarida ko`rgazma tashkil etish
E`tiborga molik jihati: bajarilgan ishga mustaqil yondashuv, kayfiyatni ko`tarish va vatanparvarlik hissini rivojlantirish.
San`at markazi
Loy ishi «jonajon Vatanimga dushman qo`rqinchli emas» .
Maqsad: yaratilayotgan obraz orqali insonning fe`l-atvorini ko`rsatib berish, armiya bilan faxrlanish, kuchli, epchil va jasur bo`lishga intilish.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling