O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil


Download 0.49 Mb.
bet86/182
Sana03.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1076106
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   182
Bog'liq
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

Syujetli-rollio`yin «Chegarachi»
Maqsad: harbiy chegarachini ahamiyatini, bilimlari asosida syujetli-rolli o`yinlarni tashkillashtirishni hamda hamkorlikda qaror chiqarishni biladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: planshet, durbin, kaska, ichimliklar, avtomatlar, suratlar harbiy texnika, tez yordam buyumlari,
Faoliyatni olib borilishi:

  1. Chegarachi kuzatuv posti uchun modullardan tog`lar quradi.

  2. Hamshiralar yordam ko`rsatishi uchun vaqtinchalik qarorgohlarni o`rnatadi.

  3. Rollarni taqsimlash - chegarachi, hamshira, poyloqchi.

  4. Syujetni rivojlantirish.

Qo`shimcha qism: chegarachi xizmati haqida film ko`rish va adabiyotlarni o`qib berish. E`tiborga molik jihati: jamoa bo`lib o`ynash va o`zaro kelisha olish, tasavvurlarni rivojlantirish.
Til va nutq markazi
«Bizning armiya»
Maqsad: har bir Davlatning armiyasi va qo`riqlanishi lozim bo`lgan chegarasi bo`lishini biladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: kesma suratlar, pazllar, magnitli doska.
Faoliyatni olib borilishi:

  1. Bolalar bizning davlatimizning chegaralari aks etgan pazllarni yig`adilar.

  2. Bolalar harflardan armiya, chegara, mamlakat so`zlarini tuzadilar.

  3. Bolalar mavzuga oid suratlarga so`z topadilar.

Qo`shimcha qism: mavzuga oid suratlarga hikoya tuzish.
E`tiborga molik jihati: bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harflarni bilish va ulardan so`zlar hosil qilish.
Til va nutq markazi
«Harbiy kiyimva ularning farqli belgilari»
Maqsad: harbiy kiyimlarning turlarini biladi, harbiy kiyim kiyish qoidalari bilan tanishadi, harbiy xizmatchilarning farqli belgilarini tushunadi.
Kerakli Jihoz va materiallar: harbiy kiyim suratlari, harbiy xizmatchilarning fotosuratlari, kesma suratlar, pazllar, magnitli doska.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling