Faoliyatni olib borilishi:
Bolalarga kesma kartochkalar taklif etiladi. Qishki sport turi aks etgan kartochkani to`g`ri tuzish.
Bolalarga qishki sport turi aks etgan kartochkalar taklif etiladi. Bola ushbu sport turiga muvofiq bo`lgan sport jihozi aks etgan kartochkani tanlaydi.
Bolalar sport turlari aks etgan kartochkalarni oladilar va unda qanday sport turi aks etganligini so`zsiz ko`rsatib beradilar.
Qo`shimcha qism: bolalar bilan qish va uning ajoyibotlari, qishki sport turlari haqida suhbatlashish, shu mazmundagi illyustrativ suratlarni ko`rish.
E`tiborga molik jihati: fikrlashni,diqqatni, va harakat faoliyatini rivojlantirish, sog`lom hayot tarziga qiziqish uyg`otish.
San`at markazi
«Sehrli qish» mvvzusida bolalar chizgan suratlar ko`rik-tanlovi
Maqsad: suratning mazmunini qog`ozga tushirish, qog`oz fonini hamda mazmunni uyg`unlashtiruvchi bo`yoqlarni tanlash, qog`ozga suratni joylashtirish.
Kerakli Jihoz va materiallar: qog`oz, bo`yoq va mo`yqalam.
Faoliyatni olib borilishi:
Qog`oz fonini tanlash.
Surat mazmunini o`ylab topish.
Rasm chizish.
Bolalar ishlarining ko`rgazmasi.
Qo`shimcha qism: tasviriy san`atning turlarini ajratish,
E`tiborga molik jihati: kompozisiyani yaratish.
San`at markazi
Loy ishi «Qordan bayram torti»
Maqsad: buyumga xos bo`lgan belgilarni berish, qismlarning kattaligiga (hajmiga) ahamiyat berish,qordan tort yasash.
Kerakli Jihoz va materiallar: metall tog`oracha, o`yinchoq idishlar, qum uchun idishlar jamlanmasi, qor, yirik munchoqlar, yarim tuxumsimon plastmassa idishlar, bo`yoqlar va mo`yqalam.
Faoliyatni olib borilishi:
Metall tog`oracha yordamida tortning asosi uchun kichik kulcha yasash.
yarim tuxumsimon plastmassa idishlarni qor bilan to`ldiriladi va tortning asosiy qismiga doira bo`ylab (beze) joylashtiriladi.
Tortni rangli bo`yoq bilan bo`yash.
Tortni munchoqlar bilan bezash. (mevalar o`rniga).
Do'stlaringiz bilan baham: |