O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil


Download 0.49 Mb.
bet81/182
Sana03.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1076106
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   182
Bog'liq
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

Faoliyatni olib borilishi:

  1. Bolalar sport kiyimlarini kiyib ikki guruhga bo`linadilar.

  2. Bolalar «Chang`ida (lmji) poyga». o`yinini o`ynaydilar. Bolalar chang`ida yurgandek (taqlidchan) harakatlanadilar.

  3. BiatlonI o`yini.Chang`ida harakatlangandek (taqlidchan) belgilangan

masofagacha yuguradilar, to`pni nishonga uloqtiradi.

  1. Qo`shimcha qism: sport mavzusiga oid suratlarni tomosha qilish.

E`tiborga molik jihati: bolalar orasida do`stona munosabatlarni
mustahkamlash, bir-birini qo`llab quvvatlashni tarbiyalash, sog`lom hayot tarzini singdirish, bolalarni jismonan kuchli, epchil va chaqqon bo`lishlariga ko`maklashish.
Til va nutq markazi
«Qish» surati asosida hikoya qilish
Maqsad: nutqda barcha kelishiklarni qo`llaydi, tayanch so`zlar va rasmlar asosida qisqa hikoya qiladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: qish tabiati aks etgan surat. Mazmunli suratlar: o`g`il bola va qiz bola qish kiyimida, chang`i, chana, konki (muz ustida uchish uchun mo`ljallangan chang`i) va qorodam.
Faoliyatni olib borilishi:

  1. O`yin: «Belgilarini tanla!»

Qish qanday? - sovuq, qahraton, bo`ronli.
Qor qanday? - oppoq, yumshoq, momiqqina, kumush va h.k.

  1. O`yin «Faoliyatni tanla»

Qor nima qiladi? - yog`adi, aylanadi, uchqunlaydi, qoplaydi, g`irchillaydi, yaltiraydi, eriydi.
Shamol nima qiladi? - yeladi, esadi, hushtak chaladi, uvillaydi.

  1. «Qish» tabiati aks etgan suratni ko`rish.

  2. Mazmunli surat asosida gaplar tuzish. «Qish» haqida qisqa hikoya tuzish.

Qo`shimcha qism: buyum-hodisaga oid belgilarni mashq qildirish. Bolalarni kirishimligini va do`stona hamkorlikni tarbiyalash.
E`tiborga molik jihati: so`zlarni va oxirgi bo`g`inlarni, to`g`ri talaffuz qilish, tayanch so`zlar asosida gap tuzish.
Til va nutq markazi

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling