Tilga oid hikmatli so‘zlar


Download 16.99 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi16.99 Kb.
#1527209
Bog'liq
tilga oid hikmatli so\'zlar


Tilga oid hikmatli so‘zlar

Odam — tili bilan boshqa hayvonlardan imtiyozlidir. Uning tili orqali boshqa odamlardan afzalligi bilinadi. Til — shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma’qul bo‘lib chiqsa — tilning ofatidir. (Alisher Navoiy)


Nima uchun ko‘cha harakati qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi. (A.Qahhor)



Tilning vazifasi shuki, unda kishi bir narsani aytganda boshqasi haligining maqsadini darhol anglashi kerak. (Abu Rayhon Beruniy)



Sen menga muayyan bir xalqning tili, yozuvi gapiradigan soʻzi yoki boshqa jihatlarini koʻrsatsang, senga bu xalqni qanday oson idora qilish mumkinligini aytaman. (Konfutsiy)



Bir yurtda yashab turib, o‘sha xalq tilini bilmaslik: birinchidan - o‘sha xalqqa nisbatan hurmatsizlik. Ikkinchidan - o‘sha xalqdan o‘zini ustun qo‘yish. Uchinchidan – g‘irt nodonlik! (O‘tkir Hoshimov)



Kimki o‘zga tillarni bilmas ekan, o‘z tili haqida ham tasavvurga ega bo‘lmaydi.

(Gyote)



Maʼlumki, oʻzlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar oʻrtasidagi ruhiy-maʼnaviy bogʻliqlik til orqali namoyon boʻladi. (Islom Karimov)


Tilingdan chiqqan sadaqang(ya'ni, pandu nasihating va ma'viza-yu hasanang) ba'zan qo'lingdan chiqqan sadaqangdan xayrliroqdir. (Abulqosim Zamaxshariy)


Til — shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma'qul bo’lib chiqsa — tilning ofatidir. (Alisher Navoiy)


Ko‘pincha til bilan yetkazilgan jarohat qilich bilan yetkazilgan jarohatdan og‘irroqdir. (Abulqosim Zamaxshariy)


Tiliga hokim bo‘lmagan insondan – do‘st, ko‘ziga hokim bo‘lmagan insondan – yor bo‘lmas. (Jaloliddin Rumiy)


Sukut - insonning eng harir libosidir.

(Hazrati Umar ibn hattob R.a.)


Insonni yo so‘zlash uchun yaxshi so‘zi, yoki, sukut saqlay oladigan odobi bo‘lsin. (Jaloliddin Rumiy)


Ba’zan uzoqlashmoq kerak, yaqinlashmoq uchun. Ba’zan eslamoq kerak, eslanmoq uchun. Ba’zan yig‘lamoq kerak, ochilmoq uchun. Ba’zan sukut yaxshidir, tinglamoq uchun. (Shamsi Tabriziy)


Yaxshi kishilar birla tutar bo‘l suhbat, To bergay amon sharirdin ul suhbat. (Alisher Navoiy)


Tilning tavakkuli da’vo qiladi, ­qalbning tavakkuli ma’no beradi.

(Abu Ja’far Farg‘oniy)


Har til — ko‘ngilning pardasidir. Parda qimirladimi, sirlar ochiladi. (Jaloliddin Rumiy)


So‘z — libos. Ma’no shu libos ostiga yashiringan sir. (Jaloliddin Rumiy)


Barchamiz aytilmagan so‘zlarning sohibi, og‘zimizdan chiqqan so‘zlarning qulimiz. (Uinston Cherchil)


Insonlardagi go‘zallik bu – yuzdir, yuzdagi go‘zallik esa – ko‘zdir. Ammo, insonni inson qilgan bu uning tilidan chiqadigan – so‘zdir. (Jaloliddin Rumiy)


Tiliga hokim bo‘lmagan insondan – do‘st, ko‘ziga hokim bo‘lmagan insondan – yor bo‘lmas. (Jaloliddin Rumiy)


Til qozonning qopqog‘iga o‘xshaydi. Qimirlab hidi taraldimi, nima pishayotganini bilib olaverasan. (Jaloliddin Rumiy)



Download 16.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling