O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil


Download 0.49 Mb.
bet84/182
Sana03.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1076106
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   182
Bog'liq
Tayyorlov guruhi tematika lotincha

Qo`shimcha qism: xamirdan tort tayyorlash.
E`tiborga molik jihati: qorni erishi va o`z vaqtida qorni yangilash.
San`at markazi
Jamoaviy applikasiya
«Qishki olimpiada o`yinlari»
Maqsad: olimpiada ramzini va olimpiada xalqalarining ranglari uyg`unligi qog`ozga tushirish.
Kerakli Jihoz va materiallar: rangli qog`ozlar, oq karton qog`oz, tuxum po`chog`i, yelim, qaychilar, guash, mo`yqalam.
Faoliyatni olib borilishi:

  1. Xalqalar chetiga mo`yqalam bilan yelim surtiladi.

  2. Xalqa chetiga surilgan yelimga mustaham qilib tuxum qobig`idan mozayka joylashtiriladi.

  3. So`ng tuxum qobig`iga Olimpiada xalqalarining ranglari uyg`unligiga muvofiq rang beriladi.

Qo`shimcha qism: Bolalarga Olimpiada ramzi, mayog`i, bayrog`i, va xalqalari haqida hikoya qilib berish. Olimpiada bayrog`ini rangli qog`ozlardan tayyorlash va dmrakol yordamida rangli doirachalar yog`dusini (konfetti) yaratish mumkin.
E`tiborga molik jihati: bolalarni birgalikda bajargan ijodiga hamda mayda qo`l motorikasini rivojlantirishga.
YaNVAR IKKINChI HAFTA
MAVZU: «VATAN HIMOYaChILARI KUNI»
Qurish va yasash markazi
Origami «Samolyot»
Maqsad: qog`ozdan mahsulot yaratish, barmoqlarni rivojlantirish, yaratish va ijod qilish, diqqatni to`plash, aniq reja asosida ishlash.
Kerakli Jihoz va materiallar: chizmalar, oq va rangli qog`ozlar.
Faoliyatni olib borilishi:

  1. Bolalar samolyotni yig`ish chizmasini ko`radilar.

  2. Samolyotni qurish uchun rangli qog`oz tanlaydilar.

  3. Samolyotni chizma asosida yig`adilar.

  4. Samolyotni xohishiga ko`ra bezatadilar (rangli qalamlar, yelim va boshqalar bilan)

E`tiborga molik jihati: bola «o`ziga» va «o`zidan» kabi yo`nalishda mo`ljal oladi, o`zining amaliy faoliyatini rejalashtiradi va nazorat qiladi.
Qurish va yasash markazi

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling