O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
I.BOB Dislaliya nima ,nutq kamchiliklari va ularning turlari
Download 453.94 Kb.
|
11-guruh Nasiba Tosheva tayyorladi
I.BOB Dislaliya nima ,nutq kamchiliklari va ularning turlari
1.1 Dislaliya turlari, kelib chiqish sabablari Jamiyatimizda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy o‘zgarishlar yuz berayotgan bir vaqtda Vatan ravnaqini ko‘zlash maqsadida asosiy e’tibor yoshlarning aqliy, ahloqiy, jismoniy barkamolligiga demak, har tomonlama yetuk, sog‘lom avlodni o‘stirishga qaratilyapti. Birinchi Yurtboshimiz aytganlaridek, “Kelajak avlod haqida qayg‘urish, sog‘lom, barkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilishi bizning milliy xususiyatimizdir. Farzandlari sog‘lom yurt, qudratli bo‘ladi, qudratli yurtning farzandlari sog‘lom bo‘ladi”. Sog‘lom avlodni barkamol shaxs qilib shakllantirish g‘oyatda ma’suliyatli vazifa, shu bilan birga insonparvar siyosat natijasidir.1 Alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bolalarning ta’lim olish jarayonini isloh qilib borish, rivojlanish darajasidan kat’iy nazar har bir davlat va jamiyat oldida turgan masaladir.Shu o‘rinda alohida qayd etish zarurki, yurtimizda yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, voyaga yetkazish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilyaptiKadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilinib, u izchil amalga oshirilmoqda, yosh avlod tarbiyasiga alohida e’tibor qilinmoqda. Ya’ni zamon talabiga javob beradagan yuksak ma’naviyatli, bilimdon insonlarni tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustivor yo‘nalishiga aylanmoqda. Maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarida ta’lim-tarbiya oluvchi har bir bolani zamon talabi asosida har tomonlama shakllangan shaxs bo‘lib, jamiyat ishlarida faol qatnashishga nutqning to‘g‘ri va to‘liq rivojlanishi juda katta ahamiyatga ega. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilinib, u izchil amalga oshirilmoqda, yosh avlod tarbiyasiga alohida e’tibor qilinmoqda. Har bir oqil insonning va jamiyatimizning muqaddas vazifasi, aytish mumkinki, hayotimizning ma’nosi qobil farzandlar o‘stirish, ularni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan mukammal qilib tarbiyalash, kamolini ko‘rish, ota-onasiga, Vataniga sadoqatli kishilar etib voyaga yetkazishdan iboratdir.Hayotimizni hal etuvchi muhim masalalar qatorida ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish, uni yangi zamon talabi darajasiga ko‘tarish, barkamol avlod kelajagiga ham daxldor qonun loyihalari mavjud.Maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarida ta’lim-tarbiya oluvchi har bir bolani zamon talabi asosida har tomonlama shakllangan shaxs bo‘lib, jamiyat ishlarida faol qatnashishga nutqning to‘g‘ri va to‘liq rivojlanishi juda katta ahamiyatga ega. Ovoz va shovqinning ishtirok etish darajasiga ko’ra tildagi fonemalar ikkiga bo’linadi: unli fonemalar va undosh fonemalar. Unli fonemalar O’n naychalarining tebranishi bilan paydo bo’ladi. Unli tovushlarni talaffuz qilganimizda, o’pkadan chiqadigan havo oqimi og’iz bo’shlig’ida biror to’siqqa duch kelmasdan chiqadi. Lekin og’iz bo’shlig’i tovushlarning aytilishida rezonatorlik vazifasini o’taydi. Unli tovushlarning xilma-xilligi va sifati og’iz bo’shlig’ining hajmi va undagi a’zolarining ùolatiga: tilning ko’tarilish darajasiga, lablarning ishtirokiga va ùolatiga bog’liqdir. Undosh tovushlar unli tovushlardan quyidagicha farq qiladi: undoshlar og’iz bo’shlig’ida paydo bo’ladi va shovqindan iborat bo’ladi yoki ularda qisman shovqin qatnashadi; undoshlarning talaffuzida o’pkadan chiqadigan havo oqimi bo’g’izdagi un paychalarini ba’zan titratib, ba’zan titratmay o’tadi; og’iz bo’shlig’idagi a’zolarining to’sig’iga duch keladi, buning natijasida havo oqimi portlab yoki sirg’alib chiqadi; undoshlarni, odatda, cho’zib talaffuz etib bo’lmaydi, unlilarni esa istagancha cho’zib aytish mumkin Dislaliya termini grekcha so’ zdan olingan bo’ lib, dis , buzilish, lalia , nutq degan ma’ noni anglatadi. Dislaliya nutq buzilishlari orasida eng ko’ p tarqalgan kamchilikdir.. O’ zbekistonda M. Ayupova ma’ lumotiga ko’ ra 5 yoshli bolalarda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar 41,5%, 6 yoshli bolalarda esa 22,9% ni tashkil etadi. M. Ayupova ma’ lumoti bo’ yicha 5 yoshli bolalarda sirg’ aluvchi (s, z) 32,1%, shovqinlilar (sh, j) 38,4%, «r» tovushi talaffuzida 60,7%, til orqa tovushlari 25%, chuqur til orqa tovushlari (q, g’ ) 7,1, «l» tovushi 5,4% tashkil etgan. 1. Hozirgi vaqtda dislaliya nutq apparat inervatsiyasi saqlangan va eshitish normada bo’ lganda tovushlar talaffuzidagi kamchilik deb talqin etiladi. Etiologik1 belgilarga ko’ ra dislaliya ikki shaklga bo’ linadi: mexanik (organik) va funksional dislaliya. Download 453.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling