4. Ta’lim-tarbiyaviy va pedagogik jarayonlarni kuzatish.
Ushbu bo‘limda muassasada bolalarning kun davomidagi barcha faoliyat turlari (ertalabki qabul, ertalabki soat, markazlardagi talimiy va mustaqil jarayonlar, sayrlar, ovqatlantirish, uyqu va kunning ikkinchi yarmida tashkil etiladigan faoliyatlar)ni kuzatish tahlili olib boriladi. Bunda kuzatuv oldindan belgilangan aniq maqsad asosida olib boriladi hamda rahbar tomonidan beriladigan xulosa va tavsiyalar tarbiyachiga tanishtirilib, tarbiyachining tanishganligi haqidagi imzosi bilan yakunlanadi.
5. Metodistning oylik ish rejasi.
Oylik ish reja metodistning bir oyga mo‘ljallangan vazifalarini kundalik faoliyatiga muqobillashtirish asosida yuritiladi.
Oylik reja quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
1. Kadrlar bilan ishlash.
2. Tashkiliy-pedagogik ishlar.
3. Hamkorlik ishlari.
4. Tadbirlarga tayyorgarlik.
Har bir yo‘nalishga oy davomida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar olinib, ularning bajarilish vaqti haftadagi sanalar asosida belgilanadi.
Keyingi o‘quv yili rejasi uchun g‘oya va takliflar banki
Ish jurnali orqali metodist tashkilot faoliyatidagi yangiliklar, g‘oyalar, takliflar hamda amaliy jarayonlarni yil davomida yig‘ib boradi.
Ish jurnalida berilgan takliflar, tavsiyalar, kamchiliklar asosida kelgusi hafta, oy rejalari belgilanadi.
Pedagog kadrlarni Attestasiyadan o‘tkazish
t.p
|
Pedagogning familiyasi, ismi sharifi
|
Lavozimi
|
Attestasiyadan
o‘tkazish rejasi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |