O'zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish
Download 2.01 Mb.
|
Faoliyat ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qurish-yasash va matematika markazi.
- Syujetli-rolli oyinlar va drammalashtirish.
- Til va nutq.
San'at markazi.
Mavzu: “Dadamning portreti”. Maqsad: Rasm chizish uchun mustaqil material tanlaydi. Portretlarni chizish qobiliyatiga ega, tanlangan mavzuni xayolan esga olib uni qog'ozda namayon eta oladi. Ichki kechinmalarini rasmlarga tushirib, muloqotga kirishadi. Kerakli jihozlar: Turli formatdagi oq qog'ozlar, rangli qalamlar rangli bo'yoqlar, suv, mo'yqalam, salfetka, oilaviy fotosuratlar. Faoliyatning borishi: Namunalarni kuzatish. Bajarilishi lozim bo'lgan ishni rejalashtirish. Faoliyati uchun zaruriy jixozlarni tanlash. Ijodiy ishlash. Tayyor ishlarga qo'shimcha bezaklar berish. Faoliyatni yakunlash va taxlil qilish. Qo'shimcha: bolalar tomonidan chisilgan rasmlar ko'rgazmasini tashkil etish.Tayyor portretlarni dadalariga sovg'a qilish taklifini kiritish. Aloxida e'tibor qaratiladi: bolada otasiga nisbatan e'tiborning qay darajada ekanligiga, otasining tashqi ko'rinishidagi jixatlariga to'xtalishi. Qurish-yasash va matematika markazi. Mavzu: “Xarbiy xizmat texnik vositalari uchun turargox qurish”. Maqsad: Xarbiy qism turargoxlarining oddiy turargoxlardan farqlarini biladi,turargoxlarni yasashda qattiq va chidamli, suv o'tmaydigan, o'tda yonmaydigan jixozlardan qurish kerak ekanligini biladi, aniq chamalaydi, qurish va yasash malakalari rivojlanadi. Kerakli jixozlar: Namuna, mavzu asosida rasmlar, kubik, lego, xarbiy xizmat texnik vositalari. Faoliyatning borishi: Mavzu asosidagirasmlarni tomosha qilish. Ko'rgan namuna va rasmlar asosida reja tuzish. Kerakli jixozlarni tanlash. Faoliyatni boshlash. Tayyor ishlarni muxokama qilish va boshqalari bilan solishtirish. Qo'shimcha: Tayyor turargoxlarga guruxdagi jixozlarni joylab ko'rish. Turargoxning qay darajada mustaxkam ekanligini sinash. Etiborga molik jixati: Qattiq, chidamli, suvda cho'kmas, o'tta yonmas iboralarini bola ongiga ta'siri va uni ajrata olish malakasiga. Syujetli-rolli o'yinlar va drammalashtirish. Mavzu:“Chavondozlar” o'yini Maqsad: Chavandoz kimligi haqida tushunchaga ega, epchil va chaqqon xarakatlanadi, ot sport turi bilan tanish. Kerakli jihozlar: Yog'och otalar, AKT vositalari, chavondozlar tasvirlangan rasm, xipchin, belbog', bosh kiyim. Faoliyatning borishi: AKT vositasi orqali o'yin shartlari bilan tanishish Sanamalar sanash. Rollarni belgilash. Signalga rioya etgan holda o'ynash. O'yin xaqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashish. Qo'shimcha: Bolalar biri-birlari bilan o'rin almashishi mumkin, sport musobaqalarida shu shartni kiritish. Alohida e'tibor qaratiladi: Bolalar jamoa bo'lib do'stona o'ynashi, nizoli vaziyatlardan aylanib o'ta olishi, mustaqil qaror qabul qila olishi. Mavzu: “Biz dengizchilar” o'yini Maqsad: Dengizchilar kimlar degan savolga javob beradi, bola lug'atiga yangi so'zlar kiradi (kapitan, bosman, aloqachi), suv transporti turlarini ajrata oladi, suv dunyosi bilan tanish. Kerakli jihozlar: Dengizchilar kiyimi va bosh kiyimlari, durbin, qurol, shturval (rul), langar (yakor).Dengizchilar aks etgan suratlar. Faoliyatning borishi: Rollarni taqsimlash. Taqsimlangan rollar asosida kiyinish. O'yinni rejalashtirish. O'ynni boshlash. O'yin yakunida o'zaro suxbat. Qo'imcha: Yerdagi arqonning ustidan ko'zlar bog'langan holda muvozanat saqlab yurish. “Dengizchi itlar” multfilmini namoyish etish. Til va nutq. Mavzu:AKT orqali armiyaga sayoxat. Maqsad: Xizmatdagi askarlar xayoti bilan tanish, ularning kun davomida olib boradigan faoliyatlari xaqida tushunchalarga ega, ko'rgan vedeorolikni nutqida bayon eta oladi, xotira va diqqati rivojlanadi. Kerakli jixozlar:Mavzu asosida DVD disklar. Faoliyatning borishi: Videorolikni tomosha qilish. Tasvirlangan xodisalarni taxlil qilish. Ko'rganlari asosida askarlar hayotidan qisqa xikoya tuzib berish. Qo'shimcha: «Askarlar» syujetli-rolli o'yinini o'ynash. Aloxida e'tibor qaratiladi: Voqyea-xodisaga nisbatan munosabati, mustaqil xikoya tuzish malakasini shakllanganligi. Download 2.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling