O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


XII bob. Resurs ta’minoti


Download 2.99 Mb.
bet46/74
Sana11.11.2023
Hajmi2.99 Mb.
#1767191
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   74
Bog'liq
PDF УЗБ ILM YO\'LI (o\'zb) 2022 28 oktyabr (1)

XII bob. Resurs ta’minoti


Bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlarini resurs ta’minoti amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi28.
Minimal resurslar bilan ta'minlanganlik kun tartibi va yillik rejada ko’zda tutilgan o’yin, qiziqishlarga ko’ra mashg’ulot va loyihaviy faoliyatlarni amalga oshirishni ta'minlashi kerak. Shu bilan birga, ilovadakeltirilgan resurslar bilan bir qatorda ushbu markazlar va rivojlantiruvchi muhitni bolalar, ota- onalar va pedagoglarning birgalikdagi faoliyati mahsulotlari bilan jihozlash tavsiya etiladi; shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari zarur o’quv va rivojlantiruvchi didaktik materiallarni yaratishda mahalliy hamjamiyat resurslari va o’zlarining ijodiy qobiliyatlariga tayanishlari mumkin.
Ilovada29 rivojlanish markazlari va tashkil etilgan joy uchun uskunalar va materiallarning namunaviy ro’yxati keltirilgan. Shuni esda tutish kerakki, ushbu ro’yxat taxminiydir va uni to’liq to’ldirish shart emas. Ushbu jadval maksimal ro’yxatni ko’rsatadi va maktabgacha ta’lim tashkilotida joy va mablag’ yetishmasligi tufayli uni har doim ham amalga oshirish mumkin emas. Boshqa tomondan, har bir mintaqa va maktabgacha ta’lim tashkiloti mintaqaviy komponentning o’ziga xos xususiyatlariga ega, rivojlanish markazlarini jihozlashda aynan shularni e'tiborga olish tavsiya etiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini jihozlashda uning real imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining aniq tushunishlariga, shuningdek, ularni ta’lim va tarbiya jarayonida bolalar bilan birgalikdagi faoliyat bilan to’ldirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, barcha materiallar bolalarning yosh imkoniyatlariga mos kelishi kerakligini esda tutish kerak.




28O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 9-martdagi 132-son qarori.
29“6-7 yoshli bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov va to’liq kunli guruhlarda rivojlanish markazlariga joylashtiriladigan buyumlar ro’yxati” dasturning 10-ilovasi

Download 2.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling