O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Qo’shimcha pullik ta’lim xizmatlari


Download 2.99 Mb.
bet54/74
Sana11.11.2023
Hajmi2.99 Mb.
#1767191
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   74
Bog'liq
PDF УЗБ ILM YO\'LI (o\'zb) 2022 28 oktyabr (1)

Qo’shimcha pullik ta’lim xizmatlari ota-onalarning iltimosiga binoan asosiy ta’lim va tarbiya jarayonidan tashqari amalga oshiriladi, kunning ikkinchi yarimida ular qo’shimcha ta’lim pedagogi bilan bir vaqtning o’zida boshqa xonada o’tkazilishi mumkin, shuningdek, belgilangan vaqtda guruh pedagogi bolalarning erkin o’yin faoliyatini kuzatadi, shuningdek, individual ishlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Bolalar qisqa vaqt bo’ladigan 6-7 yoshli bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhining namunaviy kun tartibi







1-smena 8:30-12:40 (3,5–4 soat)

Vaqtning
taxminiy taqsimoti

Vaqt (daqiqa)

1

Bolalarni qabul qilish, ertalabki ko’rik, ertalabki
badantarbiya

8:00–8:30

30

2

Ertalabki davra suhbati

8:30– 8:50

20

3

Ta’lim va tarbiya jarayoni (katta va kichik guruhlarda)

8:50–10:30

100
Har bir mashg’ulot va erkin faoliyat
20 daq.

4

Hafta mavzusi bo’yicha rivojlanish markazlarida bolalar
tanloviga ko’ra o’yin asosidagi ta’lim va tarbiya jarayoni

10:30–11:10

40

5

Nonushta

11:10–11:25

15

6

Kun refleksiyasi

11:25–11:40

15

7

Sayr (kuzatish, mehnat faoliyati, harakatli o’yinlar,
mustaqil va individual faoliyat)

11:40–12:10

30

8

Ota-onalar bilan ishlash va bolalarning uyga ketishi

12:10–12:40

30

9

Pedagoglar uchun tushlik tanaffus va ikkinchi smena
mashg’ulotlariga tayyorgarlik

12:40 – 13:40

60

2-smena13:40-18:20(3,5–4soat)

1.

Bolalarni qabul qilish, ko’rikdan o’tkazish, badantarbiya
mashqlari

13:40–14:10

30

2.

Umumiy davra suhbati

14:10–14:30

20



3.

Ta’lim va tarbiya jarayoni (katta va kichik guruhlarda)



14:30–16:10



100
Har bir mashg’ulot
va erkin faoliyat 20 daq.

4.

Rivojlanish markazlarida hafta mavzusi bo’yicha bolalar
tanloviga ko’ra o’yin asosidagi ta’lim va tarbiya jarayoni

16:10–16:50

40

5.

Yengil tamaddi

16:50–17:05

15

6.

Kun refleksiyasi

17:05–17:20

15

7.

Sayr(kuzatish, mehnat faoliyati, harakatli o’yinlar,
mustaqil va individual faoliyat)

17:20–17:50

30

8.

Ota-onalar bilan ishlash va bolalarning uyga ketishi

17:50–18:20

30

  1. ilova. 6-7 yoshli bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov va to’liq kunli guruhlarning kun tartibini to’g’ri tashkil etish bo’yicha tavsiyalar


Ushbu tavsiyalar maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagoglariga kun tartibini rejalashtirish va tizimli ravishda amalga oshirishga yordam beradi.


Har kuni ertalab bolalarni qabul qilishni ertalabki ko’rik va ertalabki badantarbiya bilan boshlash tavsiya etiladi, ikkinchi smenada badantarbiyaning davomiyligi besh, sakkiz daqiqadan oshmasligi kerak.
Ertalabki badantarbiya – jismoniy tarbiya hisoblanmaydi, ertalabki badantarbiya kunni ijobiy hissiy kayfiyat bilan boshlashga hamda bolalar jamoasini birlashtirishga qaratilgan jarayondir. Ertalabki badantarbiyani kayfiyatni ko’taruvchi musiqalar yoki bolalar qo’shiqlari ostida, qiziqarli tarzda tashkil etish tavsiya etiladi. Har ikki haftada bir marta ertalabki badantarbiyadagi musiqa, mashq va harakatlarga bolalar uchun yanada qiziqarli bo’lishi uchun o’zgartirish kiritilib borilishi kerak. O’zgartirishlar kiritilib borilishi bolalarda ertalabki badantarbiyaga bo’lgan qiziqishni yanada oshiradi.
Har kuni ertalab ertalabki davra suhbati / o’tgan kun refleksiyasi o’tkazilishini ta’minlash lozim.
Ertalabki davra suhbati kun boshida (1-smenada), umumiy davra suhbati bolalarning hammasi yig’ilganda (2-smenada) tashkil etilib, bu paytlarda bolalar birgalikda kunni rejalashtiradilar (o’z taassurotlari bilan o’rtoqlashadilar, muammolarni muhokama qiladilar). Kun refleksiyasida (1 va 2 smenalar) - bolalar o’tgan kunning eng yaxshi va eng qiziqarli voqealarini eslab, bajarganishlarini muhokama qiladilar, keyingi kun rejalari haqida
gaplashadilar.
Har kuni ertalabki davra suhbatidan keyin ta'limiy-tarbiyaviy jarayonlarni tashkil etilishini ta'minlash tavsiya etiladi. Bolalar faoliyatining to’g’ri tashkil etilishida kattalarning roli muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolalar faoliyatining quyidagi turlari hafta davomida amalga oshirilishi tavsiya etiladi: konstruksiyalar tuzish/applikatsiya, loydan yasash, tasviriy faoliyat, sensor tarbiya, elementar matematika, fan va tabiatshunoslik asoslari/ekologiya, nutq, o’qish va yozish malakalarini rivojlantirish, badiiy adabiyot, musiqa, xoreografiya, tasviriy faoliyat.
Belgilangan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda, yuqorida qayd etilgan faoliyat turlarini nafaqat bino ichida, balki sayr vaqtida, ekskursiya davomida ham tashkil etish tavsiya etiladi.
Bolalar har qanday vazifalarni individual yoki guruhlarga bo’lingan holda bajarishlari mumkin.
Bolalar faoliyati uchun bitta yoki bir nechta stollar ajratiladi. Stol atrofiga ishtirokchilar, shu jumladan pedagog ham o’tirsa bo’ladi (pedagog bolalarning hamroxi bo’lganligi sababli o’z stolini bolalardan ajratishi kerak emas). Stollarni maktabdagi kabi joylashtirilishidan qochish kerak, chunki ular erkin muloqotga to’sqinlik qiladi. Ishtirokchilar uchun o’rindiqlar belgilanmagan bo’lishi kerak ular istagan joylariga o’tirishlari mumkin.
Bolalar faoliyat turlari davomida kattalar va do’stlari bilan muloqot qilishlari mumkin (sharhlash, harakatlarni baholash va o’z fikrini bildirishi mumkin). Bolalar kerak bo’lganda xona bo’ylab harakatlanadilar. Hammani mehnatga chorlagan holda, pedagog bolalarni ishlashga majburlamaydi.
Ba'zi bolalar ishda faol ishtirok etmasligi, lekin boshqalarni kuzatishi mumkin. Bu bolaning bolalar faoliyati turidan hech qanday foyda ko’rmaydi degani emas. Keyingi safar u dadilroq bo’ladi va ishga kirishish uchun tavakkal qiladi.
Kun tartibi oxirida faol faoliyat turlarini ko’rib chiqish tavsiya qilinadi (musiqa yoki jismoniy tarbiya).
Kun tartibiga ko’ra, o’yinli ta’limiy-tarbiyaviy faoliyatni hafta mavzusiga asosan bolalarning xohishidan kelib chiqib, rivojlantiruvchi markazlarda amalga oshirish tavsiya etiladi.
Pedagog bolalarning bo’sh vaqtlarini o’yin faoliyat turidan foydalangan holda qiziqarli tarzda tashkil etishi kerak. Shuningdek, pedagog bolalarning bo’sh vaqtlarida qiziqarli suhbatlar o’tkazishi, ertak, hikoya va she’rlar o’qib berishi mumkin.
Bolalarga nonushta / ikkinchi tushlik vaqtida (agar maktabgacha ta'lim tashkilotida mavjud bo’lsa) erkin, qulay muhit yaratish, bolalarga o’tgan darslar taassurotlarini xotirjam almashish imkoniyatini berish kerak. Navbatchilar nonushtadan keyin pedagogga stollarni tartibga solishda yordam berishlari mumkin.
Sayr. Har kuni guruh xonasidan tashqariga chiqish orqali bolalar hayotiga rang- baranglik bag’ishlash va ularning tafakkurida ijtimoiy-madaniy maydonni kengaytirish.
Bolalarning optimal rivojlanishi uchun sayrning mazmunini diqqat bilan ko’rib chiqish, uni qiziqarli mashg’ulotlar bilan to’ldirish, mobil va rolli o’yinlar (o’yinchoqlar, o’yin va sport anjomlari va boshqalar) uchun sharoit yaratish kerak.
Sayr quyidagi tarkibiy elementlardan iborat bo’lishi mumkin:

  • bolalarning mustaqil faoliyati;

  • harakatli va sport o’yinlari, sport mashqlari;

  • turli xil qiziqarli o’yinlar va o’yin-kulgilar;

  • kuzatish, tajriba o’tkazish;

  • sport mashg’ulotlari va to’garaklari (qo’shimcha ta’lim);

  • rivojlanishning turli sohalarida individual yoki guruh mashg’ulotlari (asosiy va qo’shimcha ta'lim);

  • mumkin bo’lgan mehnat harakatlari.

Bolalarning erkin faoiyati bilan kunni yakunlash. Bu vaqtda haftada ikki marta pedagoglarga bir nechta bolalarni kommunikativ mashg’ulotlarga taklif qilish tavsiya etiladi (bu qo’shimcha mashqlarga muhtoj bo’lganlar uchun). Bunday mashg’ulotlarga barcha xohlovchilar qo’shilishi mumkin. Har bitta guruh bilan 10 daqiqa davomida mashqlar o’tkazilishi tavsiya etiladi. Hafta kunlarining birida pedagog bu vaqtdan bolalar bilan o’yin faoliyati turlarini shakllantirish uchun foydalanishi mumkin.
Kattalar kommunikativ trening davomida barcha vazifalarni bolalarning erkin mustaqil faoliyati bilan parallel ravishda olib borishi kerak.
Bolalarni uyga ketishini to’g’ri tashkil etish pedagogdan yuqori mahoratni talab etadi, ya'ni bolalarni yaqinlari oldiga ularni ismlarini aytib, maqtov bilan kuzatib qo’yishi lozim. Bunday munosabat bolada yana maktabgacha ta’lim tashkilotiga kelishga bo’lgan ishtiyoqni oshiradi.
Ota-onalar bilan ishlashda, pedagog ota-ona bilan bola haqida gaplashishi, kun qanday o’tganini aytib berishi, kerakli ma'lumotlarni taqdim etishi kerak. Ota-onaning guruhda sodir bo’layotgan voqealardan xabardor bo’lishi, o’zini ta'lim jarayonining ishtirokchisi sifatida his qilishi muhimdir.



  1. Download 2.99 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling