Parabola (yun. parabole) — 2-tartibli yassi egri chiziq; har bir nuqtasidan fokus deb ataladigan nuqta va direktrisa deb ataladigan toʻgʻri chiziqqacha masofalari teng boʻladi (rasm, a). Fokusdan oʻtib, direktrisaga tik boʻlgan FN toʻgʻri chiziq Parabolaning oʻqi, oʻq bilan Parabolaning kesishish nuqtasi uchi deyiladi. Parabola oʻz oʻqiga nisbatan simmetrik chiziq. Havo qarshiligi qisobga olinmasa, boshlangʻich tezligi vertikal boʻlmagan, erkin harakatlanayotgan jiyemning trayektoriyasi Parabola chizadi.
|
|
4.
|
Tutashma
|
Chizmalar chizishda, ko`pincha, bir chiziq (to`g`ri yoki egri) dan ikkinchi chiziqqa ravon (silliq) o`tishga to`g`ri keladi. Chizmada bir chiziqni ikkinchi chiziqqa silliq o`tishiga tutashma deyiladi.
|
|
5.
|
Oval
|
Ovallar (lot. ovum — tuxum) — yassi, qavariq yopiq egri chiziqlar. Masalan, aylana, ellips. Agar O. yetarlicha silliq boʻlsa, ularning egriligi maksimum va minimumga erishadigan kamida 4 uchga ega boʻladi (ellipsda toʻrtta). Oval nuqtalari orasidagi masofaning aniq yuqori chegarasi uning diametri, bi-ror yoʻnalishdagi urinmalari orasidagi masofa shu yoʻnalishdagi eni deyiladi. Mas, ellipening OAX yoʻnalishdagi eni V[V2 ga, OBt yoʻnalishdagi eni AtA2 ga teng. Aylananing eni hamma yoʻnalishda bir xil.
|
|
6.
|
Ellips
|
Ellips — ikkinchi tartibli yassi yopiq egri chiziq. Aylanma konus bilan uning uchidan oʻtmaydigan kesuvchi tekislik kesishishidan hosil boʻladigan yassi figura.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |