O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrugʻi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari


Download 206.89 Kb.
bet42/46
Sana25.10.2023
Hajmi206.89 Kb.
#1720405
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bog'liq
266-сон Буйруқ Ўқув режа 2023-2024 йил

III. Yakuniy qoidalar



  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 15-martdagi 140-son qaroriga muvofiq:

o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga amal qilinadi: o‘quv yilining davomiyligi – 34 hafta (1-sinflar uchun 33 hafta); o‘quv haftasining davomiyligi – 1-4-sinflarda 5 kun; dars mashg‘ulotining davomiyligi – 45 daqiqa;
dars mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffus davomiyligi – 5-10 daqiqa (o‘quv kuni
o‘rtasidagi tanaffusning davomiyligi – 15-30 daqiqa).

  1. Tegishli qonun hujjatlarida belgilangan bayram (ishlanmaydigan) kunlarida dars mashg‘ulotlari o‘tkazilmaydi.

Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelib qolgan dars mashg‘ulotlarining mavzulari o‘quv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashg‘ulotlarida o‘tiladi.

  1. O‘quv yili davomidagi ta’tillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi:

kuzgi ta’til – 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kuni; qishki ta’til – 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kuni; bahorgi ta’til – 21-martdan boshlab 7 kalendar kuni;
yozgi ta’til - oxirgi bosqichli nazorat sinovi oʻtkazilgan kundan (bosqichli nazorat
oʻtkazilmaydigan sinflar uchun oʻquv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1 sentabrgacha.
Ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kuniga toʻg‘ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.
1-sinf oʻquvchilari uchun fevral oyi davomida qoʻshimcha bir haftalik ta’til beriladi.

  1. Mazkur tayanch oʻquv reja va tushuntirish xati asosida har bir ta’lim muassasasi 2023-2024-oʻquv yiliga moʻljallangan oʻquv reja ishlab chiqadi va avgust oyidagi Pedagogik Kengashining qarori bilan tasdiqlaydi.

  2. Ta’lim muassasalarining Pedagogik Kengashlarida oʻquv rejani tuzishda tayanch oʻquv rejadagi umumiy soatlar hajmidan oshmagan holda, ma’lum bir fanlarni chuqurlashtirib oʻqitish maqsadida 15%gacha oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.

  3. Barcha turdagi davlat ta’lim muassasalarida mazkur oʻquv reja asosida tashkil etiladigan darslar (mashg‘ulotlar) davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 29- avgustdagi
266-sonli buyrug‘iga
15-ILOVA

Download 206.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling