6. “Korreksion soatlar” mashg‘ulotlar quyidagi turlarga boʻlinadi:
Korreksion mashg‘ulotlarga ajratilgan soatlar muassasalarning yo‘nalishidan kelib chiqib, o‘quvchilarning birlamchi va ikkilamchi nuqsonlarini tuzatishga
(korreksiyalashga) qaratiladi va jurnaldan alohida sahifa ajratiladi.
Korreksion mashg‘ulot yakka yoki guruhli tarzda oliy ma’lumotli defektolog yoki logopedlar tomonidan olib boriladi. Mazkur mashg‘ulot uchun alohida jadvalda qayd etiladi va maktab rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi. •“Logopediya” mashg‘uloti yakka yoki guruhli shaklda tashkil etiladi. Mashg‘ulotlarga o‘quvchilar yakka tartibda shug‘ullanish uchun Tarbiya va Tabiiy fan darslaridan olinadi, guruhli mashg’ulotlarga o‘quvchilar darsdan tashqari vaqtda, tarbiyaviy mashg‘ulotlardan olinib jalb etiladi. Mashg‘ulotlarni oliy ma’lumotli defektolog, logoped mutaxassis olib boradi. Yakka tartibdagi mashg‘ulotni davomiyligi 20-25, guruhda esa 35-40 daqiqani tashkil etadi. Mashg‘ulotlarda o‘quvchilar baholanmaydi. O‘quvchilarning nutqiy rivojlanish dinamikasi va amalga oshirilgan korreksion ishlar natijasi yil davomida ikki marta monitoringi ishchi guruhi tomonidan
(psixolog, muassasa shifokori, sinf rahbari, bosh logoped, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari boshchiligida) olib boriladi.
Logopedlar har bir o‘quvchilar uchun yakka rivojlanish dasturi-rejasini tuzadi.
Ushbu reja bajarilishiga ko‘ra logopedlar faoliyati tahlil etiladi.
• “Rivojlanishdagi kamchiliklarni tuzatish” mashg‘ulotlari yalpi tarzda olib boriladi.
Bunda o‘qituvchilardagi vaqtinchalik nuqsonlarni bartaraf etishga qaratiladi va u sinf rahbari tomonidan olib boriladi. Ushbu mashg‘ulotlari dars jadvaliga kiritiladi va o‘quvchilar baholanadi.
Yuqorida qayd etilgan o‘quv predmetlari, korreksion mashg‘ulotlarning o‘qitilishi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi huzuridagi Respublika ta’lim markazi tomonidan tavsiya etilgan tegishli o‘quv dasturlari asosida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |