2 Mavzu: Boshlang‘ich sinfda matematikadan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish Reja


Download 52.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana10.11.2023
Hajmi52.59 Kb.
#1762995
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 - Mavzu



2 - Mavzu: Boshlang‘ich sinfda matematikadan darsdan tashqari 
mashg‘ulotlarni tashkil etish 
Reja: 
1. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy vazifalari . 
2. Matematik konkruslar va olimpiadalar.
3. Darslik va o`quv qo`llanmalarini ahamiyati.
4. Darslik va dasturning o‘zaro mosligi . 
5. Darslik va o‘qitishning tarbiyaviy vazifasi. 
Matematikadan sinfdan tashqari ishlar deyilganda o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtda 
tashkil qilingan, dastur bilan bog‘liq bo‘lgan material asosida ixtiyoriylik prinsipiga asoslangan 
mashg‘ulotlar tushuniladi. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy vazifalari ushbulardan iborat: 
o‘quvchilarning bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini chuqurlashtirish va kengaytirish
o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini, topqirliklarini, matematik ziyrakliklarini rivojlantirish; 
matematikaga qiziqishlarini orttirish; qobiliyatli va layoqatli bolalarni topish; talabchanlik; 
irodani tarbiyalash; mehnatga muhabbatni ; mustaqillikni; uyushqoqlikni va jamoatchilikni 
tarbiyalash. Sinfdan tashqari ish sinf-dars formasidagi ishga nisbatan bir qator xususiyatlarga 
ega: O‘z mazmuni bo‘yicha u davlat dasturi bilan cheklanmagan. Ammo matematik material 
o‘quvchilarning bilimlari va malakalariga mos ravishda bo‘lishi kerak. 
1. Maktabning boshlang‘ich sinflarida matematikadan sinfdan tashqari ishlarni sinfning hamma 
o‘quvchilari bilan birga bir vaqtda o‘tkaziladigan mashg‘ulot shaklida o‘tkazish maqul.
2. Sinfdan tashqari mashg‘ulot ixtiyoriylik prinstipi asosida quriladi.
3. Darslar 45 minutga rejalashtirilgani holda sinfdan tashqari mashg‘ulotlar mazmuniga va 
o‘tkazilish formalariga qarab 10-12 minutga ham, 1 soatga ham mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.
4. Sinfdan tashqari ishlar shakl va turlarining ko‘p xilligiga qarab mazmunining turli tumanligi 
bilan xarakterlanadi. 
Maktab amaliyotida matematikadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning ushbu turlari 
uchraydi: matematik o‘n minutliklar, soatliklar va qiziqarli matematika kechalari, matematika 
to‘garaklari, ertaliklari, viktorinalar, konkurslar, olimpiadalar. Shuningdek, sinfdan tashqari 
ishga matematikadan gazeta chiqarish, matematika burchaklarini rasmiylashtirishlar ham kiradi.
Oldin 1-sinfda sinfdan tashqari ishlar qanday tashkil qilinishi va o‘tkazilishini qarab 
chiqamiz.Bu sinfda sistemali ishning asosini matematik o‘n minutliklar tashkil qiladi. Odatda, 
o‘n minutliklar hafdasiga bir marta butun sinf bilan o‘tkaziladi. O‘n minutliklardagi 
mashg‘ulotlar sinf chegarasidan tashqariga chiqishi juda muhimdir. 


Topshiriqlar darslarda beriladigan oddiy matemetik topshiriqlarga o‘xshash bo‘lmasligi kerak: 
topshiriqlarning mazmunlari bolalarga tushunarli qiyinlik darajalari bolalarga mos bo‘lishi 
kerak: javoblar tez topilishi kerak, agar hisoblashlar zarur bo‘lsa , ular faqat og‘zaki bajarilishi 

Download 52.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling