kerak.
Qiziqarli matematika soati darsdan keyin sinfning hamma o‘quvchilari bilan o‘tkaziladi.
1- sinfda bu mashg‘ulotlar epizodik ravishda o‘tkaziladi. 2-3-sinflarda sistemali ravishda (ammo
oyiga 1-2 martadan ko‘pmas ) o‘tkaziladi, chunki ularni o‘tkazishga ko‘p vaqt talab qilinadi.
Mashg‘ulotning davomiyligi 1-sinfda 20-25 minut, 2-sinfda 25-35 minut 3-sinfda 35-40 minut,
4- sinfda 40-45 minut. Mashg‘ulot o‘tkazish uchun har hil qiziqarli arifmetik va geometrik
mazmunli masalalar, qiyinroq masalalar, hazil masalalar, masalalar tuzishga doir masalalar,
qiziqarli kvadratlar, rebuslar, topishmoqlar va boshqalar material bo‘lib hizmat qiladi.
Matematik to‘garak matematikadan sistematik sinfdan tashqari ishlarning eng ko‘p
tarqalganidan biri. Uning asosiy vazifasi – matematikaga alohida qiziqish ko‘rsatgan
o‘quvchilar bilan bajariladigan chuqurlashtirilgan ish. Matematik to‘garak ishi qiziqarli
matematika soatlari o‘tkazishdan ushbular bilan farq qiladi:
1.To‘garaklar ixtiyoriylik asosida tashkil qilinadi. Maktablarda ko‘pincha bir nechta
to‘garak (har xil fanlardan) ish olib boradi. Bir o‘quvchining bir nechta to‘garaklar ishida
qatnashishi maqsadga muvofiq emas, chunki bu o‘quvchiga zo‘riqish berib qo‘yishi mumkin.
Shu sababli matematika to‘garagiga o‘quvchilar tanlashda ularning matematikaga nisbatan
alohida qiziqishlarini, moyilliklari va imkoniyatlarini hisobga olish kerak. Tajriba birinchi
sinfda birinchi yarim yillikdan keyin to‘garak ishlarini tashkil qilish va o‘tkazish mumkinligini
ko‘rsatmoqda. Ammo, odatda, bunday ishni 3-4 sinf o‘quvchilari bilan oyiga 2-3 marta
o‘tkaziladi ( bir mashg‘ulot davomiyligi 30-45 minut ). Bunday to‘garaklarni bir maktabning
parallel sinflari o‘quvchilari (bazan bir sinf o‘quvchilari ) uchun yoki bir nechta maktab
o‘quvchilari uchun ( bu holda u yosh matematiklar klubi deb ataladi) tashkil qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |