(Bolalar javoblari)
- Tarbiyachi: Judayam to’g’ri, bu shakllar doira, kvadrat, uchburchaklar ekan a bolajonlar! Oldin ham bu shakllarni uchratganmizmi?
(Bolalar javobi)
- Tarbiyachi: To’gri oldin ham bu shakllarni uchratganmiz. Bolajonlar bugun bizning guruhimizga kuchukcha tashrif buyurgan. (Tarbiyachi bolalarga yumshoq o’yinchoq kuchukchasini ko’rsatadi) Kelinglar unga biz geometrik shakllarni qanday yaxshi bilishimizni aytib beraylik. Bolalar mana bu qo’limdagi shakl qanaqa shakl ekan?
(Bolalar javobi)
- Tarbiyachi: To’gri bu doira shaklidir. U qanaqa rangda ekan?
(Bolalar javobi)
Tarbiyachi: Ko’k rangda ekan a?
(Bolalar javobi)
- Tarbiyachi: Sizlarning stolingiz ustida ham ko’k rangli doirachalar bor. Ularni qo’limizga olib, barmoqlarimizni doira atrofida yurgizamiz. U yumalarmikan, uni yumalatib ko’ringlarchi?
(Bolalar javobi)
- Tarbiyachi: To’g’ru u yumaloq bo’lgani uchun yumalaydi. Bolalar mana bu shakl qanaqa shakl?
(Bolalar javobi)
- Tarbiyachi: To’g’ru bu uchburchak shakl. Rangi qanaqa ekan?
(Bolalar javobi)
- Tarbiyachi: Rangi sariq ekan a! Barakalla bolajonlar. Endi sizlar ham stolingiz ustidan uchburchak shaklini topib uni baland ko’taringlar. Uni yumalatish mumkinmi?
(Bolalar javobi)
- Tarbiyachi: To’g’ri uni yumalatib bo’lmaydi. Nima uchun yumalatib bo’lmaydi.
(Bolalar javobi)
Tarbiyachi: Judayam to’g’ri uni yumalatish uchun qirralari xalaqit beradi. Yana stol ustida qanday shaklimiz qoldi qaraylikchi?(Bolalar javobi)
Tarbiyachi: Yaxshi, stol ustida kvadrat shaklimiz qoldi a! Kvadrat shaklimiz qanaqa rangda ekan.
(Bolalar javobi)
Tarbiyachi: Xa, to’g’ri, kvadrat shaklimiz qizil rangda ekana bolajonlar.
(Bolalar javobi)
Tarbiyachi: Kelinglar bo’lmasam biz sizlar bilan o’yin o’ynaymiz.
“XUDDI SHUNDAY SHAKLNI VA RANGINI TOP” O’YINI.
Do'stlaringiz bilan baham: |