O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi” yo’nalishi 53-guruh tinglovchisi Maraimova Xolidaning Matematika faoliyati uchun tayyorlagan mashg`ulot ishlanmasi
MASHG’ULOT: Kichik guruhlarda elementar matematika tasavvurlarini shakllantirish
MAVZU: “Quvnoq doira, kvadrat, uchburchak shakllari.”
MAQSAD: Doira, kvadrat, uchburchak geometrik shakllarini mustahkamlash.
TA’LIMIY:
-Bolalarni doira, kvadrat, uchburchak geometrik shakllari bilan tanishtirishni davom ettirish.
-Geometrik shakllarni bir-biridan farqlashni o'rgatish.
-Doira, kvadrat, uchburchak bo’lgan predmetlar nomini topib ayta bilishni shakllantirish.
-Geometrik shakllar: Doira, kvadrat, uchburchaklardan foydalanilgan xolda kuchukcha uchun uycha yasash.
TARBIYAVIY :
-Yelim bilan ishlashda, pokizalik va ehtiyotkirlikka tarbiyalash.
Bolalarni matematikaga qiziqtirish
RIVOJLANTIRUVCHI:
-Tasavvur qilish xotirasi rivojlantiriladi.
-Bolalarni mayda qo'l motorikasini rivojlanish.
KUTILAYOTGAN NATIJALAR:
-Bolalar doira, kvadrat, uchburchak tasavvurlariga atroflicha ega bo’ladilar.
-Bolalarda mantiqiy tafakkur rivojlanadi.
KERAKLI JIHOZLAR:
-Ko’rgazma uchun doira, kvadrat va uchburchak shakllari to’plami.
-Har-xil rangdagi katta va kichik doira, kvadrat va uchburchaklar.
-Har-bir bola uchun qirqilgan rangli doira, kvadrat va uchburchaklar.
-Yelim.
-Oq list.
QO’LLANILADIGAN USUL:
-Ko’rsatish, tushuntirish,o’yin, savol-javob, she’riy uslub, guruhlarga bo’linish.
МАSHG’ULOTNING BORISHI:
Tarbiyachi: Bolajonlar qani stulchiklarimizga yaxshilab o’tirib olaylikchi. Endi diqqatimizni mana bu magnitli doskaga qaratamiz. Doskamizda nimalar ilinib turibdi?
(Bolalar javobi)
- Tarbiyachi: To’g’ri bolajonlar shakllar ekan a! Qanaqa shakllar ekan?
Do'stlaringiz bilan baham: |