Ozbekiston respublikasi maktabgacha va maktab talimi vazirligi


«Kichik guruhlarda ishlash» metodining afzalligi


Download 414.85 Kb.
bet12/13
Sana03.12.2023
Hajmi414.85 Kb.
#1797002
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
shahlo bmi oxirgi variant (2)

«Kichik guruhlarda ishlash» metodining afzalligi:
∙ oqitish mazmunini yaxshi ozlashtirishga olib keladi;
∙ muloqotga kirishish konikmasining takomillashishiga olib keladi;
∙ vaqtni tejash imkoniyati mavjud;
∙ barcha talim oluvchilar jalb etiladi
Kichik guruhlar shakllantiriladi. Mavzu yoritiladi.
1-guruhga topshiriq;
2- guruhga topshiriq;
3-guruhga topshiriq;
4- guruhga topshiriq beriladi.
Oqituvchi tomonidan korsatma berish va yonaltirish;
Muhokama va tahlil qilish;

  1. guruh taqdimoti,

  2. guruh taqdimoti,

3-guruh taqdimoti,
4- guruh taqdimoti otkazilib baholanadi.
Bunda:
∙ oz-ozini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud boladi. «Kichik
guruhlarda ishlash» metodining kamchiliklari:
∙ bazi kichik guruhlarda kuchsiz talim oluvchilar bolganligi sababli kuchli
talim oluvchilarning ham past baho olish ehtimoli bor;
∙ barcha talim oluvchilarni nazorat qilish imkoniyati past boladi;
∙ guruhlararo ozaro salbiy raqobatlar paydo bolib qolishi mumkin;
∙ guruh ichida ozaro nizo paydo bolishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda garchand ushbu asar hozirda jahon adabiyotshunosligi tan olayotgan “Abulfayzxon” nomli tom manodagi tragediya darajasiga chiqmagan bolsa-da, “milliy tragediya” sifatida qabul qilinishi lozim bolgan asarlardandir. Muallif eskilik bilan yangilik ortasidagi kurash, sevgi-muhabbat mojarosini tasvirlashda oziga xos original yol tanlangan. Asar nomlanishining oziyoq bunga dalil. Asardagi har bir obrazning oziga xosliklari, unda birorta ortiqcha personaj yoki bir-biriga boglanmay qolgan voqeaning , yani mantiq doirasidan tashqaridagi korinishning yoqligi etiborga loyiq.
Janr nuqtai nazaridan esa, bu asar tragediyaga xos konfliktning nihoyatda murakkab va ziddiyatli hamda ishonarli ekanligini jihatidan Avloniyning oz davri dramaturglaridan bir muncha ilgarilab ketganligini korsatadi.
“Biz va Siz” asari adibning takrorlanmas , oziga xos uslubga ega bolgan mahoratli dramaturg ekanligining isbotidir.
Asarda kotarilgan masalalar bizning bugungi kunimiz va ertamiz uchun ham taalluqli va ahamiyatlidir. Chunki, hozirgi kunda ham kelin yoki kuyov tomonlarning obro- etibori, boyligigiga uchib, oz farzandlarining xohish-istaklari bilan hisoblashmay ish tutayotgan johil ota-onalar talaygina. Ana shuning oqibatida hech vaqt otmay ajralishlar tobora kopayib bormoqda. Shunday ekan, bu asarning hali umri juda uzoq.

XULOSA


  1. XX asr boshlarida ozbek adabiyoti yangi mazmun va yangi shakllar bilan boyidi. Milliy romanlar, hikoyalar, barmoq va erkin vaznda yozilgan sherlar qatorida dramatic tur xam shakllana, rivoj topa bordi. Yetakchi jadid mutaffakkirlari M.Behbudiy, Fitrat, A.Qodiriy, A.Avloniy, A.Cholpon, Hamza, G.Yunus, G.Zafariylarning sahna asarlari ozbek dramaturgiyasini tarqqiyot bosqichiga olib chiqdi.

  2. Bizgacha ham jadid dramaturgiyasini organish ananasi davom etib kelgan. Ushbu jarayon 10-20-yillarda boshlangich shaklda, biroq qizgin kechgan bolsa, 30-yillarning ikkinchi yarmidan keyin ancha susaygan. Organilganda ham ozining haqqoniy bahosini olmagan. 80-yillarning oxiri va mustaqillik davriga kelib, jadid dramalarini yangi tamoyillar asosida organish, unga xolis baho berish boshlandi.

  3. Bizning tadqiqotimizda ham mustaqillik davrida boshlangan yangi tamoyillar davom ettirilgan. Shu nuqtai nazardan jadid dramaturgiyasiga xos uchta nazariy jihatga etibor qaratdik va quyidagi ilmiy xulosalarni oldinga surdik:

  1. Jadid dramaturgiyasida janrlar rang-barangligi masalasida shuni aytish mumkinki, bu davrda yaratilgan sahna asarlari dramatic turning har uchala janri uchun xos bolgan nazariy talablarga tola javob beradi. Shu bilan bir qatorda har uchala janr ozining spepifik xususiyatiga kora muayyan maqsadga yonaltirilgan. Jadid adabiyotining umumiy konsepsiyasi bilan yogrilgan va milliy mohiyat kasb etgan. Shunga asosan jadidlar yaratgan sahna asarlariga nisbatan “milliy komediya”, “milliy drama”, “milliy tragdiya” kabi istilohlarini qollash maqsadga muvofiq boladi. Faqat bunda jadidlar tomonidan belgilangan (“drama:, “kulgu”, “fojea”kabi ) istilohlarini emas, organilayotgan pyesaning yetakchi xususiyatlarini hisobga olish lozim.

  2. Jadid dramalarini mavzular kolami nuqtai nazaridan uchga bolib tasnif etish mumkin. Bular madaniy-maishiy, manaviy-marifiy va ijtimoiy-siyosiy mavzudagi dramatik asarlardir.

Bunday tasnif etilganda, albatta 10-20-yillarda yaratilgan pyesalarning yetakchi xususiyatlaridan kelib chiqiladi.

  1. Behbudiy, Fitrat, Cholpon, Avloniy, Qodiriy kabi adiblar ijodida millatni madaniy, maishiy, iqtisodiy jihatdan yuksaltirish, manaviy-ruhiy poklikka undash, tarixni, adabiy merosni tiklash va eng muhimk milliy birlik masalasi yuqori orin tutgan. Shuningdek, jadid dramalarining asosini ham mana shunday xususiyatlarni ozida jam etgan milliy goya tashkil etadi.

  1. Avloniy dramaturg sifatida shakllanishida quyidagi omillar muhim ahamiyat kasb etgan:

  • Ananaviy xalq ogzaki ijodi;

  • Dramaturgiyaga xos unsurlarni ozida mujassam etgan munozara janrining Avloniy ijodida muhim orin tutganlgi;

  • Maktabda adib tomonidan tashkil etilgan havaskor teatr togaraklari;

  • Aktyorlik va rejissorlik bilan shugullanish;

  • Professional teatr truppalarining Turkistonga qilgan pastrollari;

  • Avloniy ozi tarjima qilgan turk, tatar va ozarbayjon dramaturglari pyesalarining tasiri;

  • Avloniy asos slogan “Turon” truppasi uchun milliy dramalarning zarurligi.

  1. Avloniy dramalarini janr nuqtai nazaridan quyidagicha tasniflash mumkin:

  • Milliy komediyalar(“Advokatlik osonmi?”, “Pinak”);

  • Tarixiy-siyosiy mavzudagi milliy dramalar( “Portugaliya inqilobi”, “Ikki sevgi”);

  • Milliy tragediyalar (“Biz va Siz”).

  1. Avloniyning "Advokatlik osonmi" pyesasi maʼrifatsizlik, johillik kabi illatlarni kulgi ostiga olish maqsadida yozilgan.Davronbek asarning bosh qahramoni hisoblanadi.Muallif Davronbekning xatti-harakatlari bilan mavjud jamiyatga nisbatan oʻzining, qolaversa butun jadid ziyolilarining munosabatini ifoda etishga harakat qilgan.Pyesada kulgi obyekti Abdujabbor obrazidir.Bizningcha , Avloniy ushbu personaj timsolida oʻsha davr Turkistondagi savod va madaniyatdan yiroq,hayotning mazmunini faqat moddiy boylik bilan oʻlchaydigan kishilarni koʻrsatmoqchi boʻlgan .

  2. Asr vabosi boʻlgan giyohvandlik va qimorni qoralash Avloniyning sheʼriy , publitsistik asarlari tarkibida ham uchraydi."Pinak " pyesasi esa mana shunday illatlarni jonli obrazlarda koʻrsatish , uning ayanchli oqibatlaridan millatni ogohlantirish maqsadida yozilgan.Aynan shunday jihatlarga koʻproq oʻrin berilishi natijasida mazkur pyesa badiiy jihatdan u qadar muvaffaqiyatga erisha olmagan.

  3. "Biz va Siz " milliy tragediyasi Avloniy ijodida yuksak oʻrin egallaydi. Pyesada jahon va oʻzbek mutafakkirlari tomonidan anʼanaviy tarzda tadqiq etib kelingan otalar va bolalar muammosi Avloniy tomonidan milliy muammo sifatida talqin etilgan hamda jadidchilik gʻoyasining targʻibi uchun xizmat qilgan.

  4. Avloniyning tarixiy-siyosiy daramalari maʼlum darajada ramziy- majoziy mohiyat kasb etadi va bu bilan Fitratning

  5. " Chin sevish", " Hind ixtilolchilari" asarlariga monand keladi . Xususan, "Portugaliya inqilobi" da adibning "Turkiston muxtoriyati bilan birga majruh qilingan armonlari , yurt mustaqilligi haqidagi orzu-umidlari aks etgan boʻlsa ," Ikki sevgi " pyesasi markazida uning har qanday qonli inqiloblarga nisbatan salbiy munosabati oʻz aksini topgan.

  6. Umuman, Avloniy dramalari oʻzbek milliy dramaturgiyasining shakllanishi va rivojlanishida oʻziga xos oʻrin tutadi.Mustaqil yurtimiz yoshlarini millatparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.


Download 414.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling