Ozbekiston respublikasi maktabgacha va maktab talimi vazirligi


Asarda jaholat va hurofotga qarshi kurash motivi


Download 414.85 Kb.
bet10/13
Sana03.12.2023
Hajmi414.85 Kb.
#1797002
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
shahlo bmi oxirgi variant (2)

3.2. Asarda jaholat va hurofotga qarshi kurash motivi

“Biz va siz” dramasi konfliktlar asosiga qurilgan. Asarda boshdan oxirigacha jaholatga, manaviyatsizlikka qarshi kurashiladi. Jamiyatning manaviyatli va manaviyatsiz kishilari ortasidagi ziddiyatlardan iborat. Qachonki, insonlar manaviyatli bolsalar, togri qarorlar qabul qila oladilar. Asardagi Kamol osha davrdagi jadidchilik namoyondalaridan biridir, desak yanglishmaymiz. Kamol ham jadidlar singari Yevropada oqib, talim olib qaytgach, ozining yurtidagi eskiliklarni, qoloqliklarni qabul qilolmaydi. Bularga qarshi kurashishga harakat qiladi, ammo, uddalolmaydi. Chunki, osha davrda Kamol singari fikrlaydigan insonlar juda kam edi. Kamolning ozi oilasiga, butun bir jamiyatga qarshi kurasha olmadi. Kamolning ota-onasi Karimboy va Jamol singari eski fikr insonlar, bir soz bilan aytganda, manaviy qashshoqdirlar. Oglining taqdiriga befarq, mol-u dunyo muhim bolgan bunday razil insonlarni osha davr jamiyatida ham, hozirgi davrda ham uchratishimiz mumkin.


Maryam obrazi orqali ham ziyoli, oqila, manaviyatli ozbek qizining timsolini korishimiz mumkin. Kamol va Maryam hurofotga va jaholatga qarshi kurashdilar. Ammo, uddalay olishmadi.
Jaholatga qarshi marifat bilan kurashmoq kerak. Shu uchunam jadid bobolarimiz xalqning ongini oshirish, manaviyatli qilish yolini tanladilar. Kamol va Maryam singari ilgor fikrli, eskilik ildizlariga bolga uradigan yoshlarni tarbiyalamoq kerak edi.
Kamol nafaqat sevgilisi uchun, balki jamiyatning chirib ketgan eski tuzumlari uchun ham kurashadi. Togri, Kamol va Maryam bu kurashda golib bolmadi. Ammo, ularning taqdir namunasi xurofotchi kishilarning kopchiligi uchun dars boldi, desak yanglishmaymiz.
Bu drama orqali yozuvchi togri qarorlar qabul qilishga chorlagan. Kamol va Maryamning achinarli taqdirini ular uchun namuna sifatida korsatgan. Eskicha fikrlash, yanglish qaror qabul qilishdan kelib chiqadigan fojialarni drama va undagi qahramonlar orqali ifodalagan.
Balki Kamolning ota-onasi ogli singari fikrlab, togri tushuna olishganda edi, bu singari fojialar bolmas edi. Hamma-hammasiga eskilik qoldiqlari sababdir. Shuning uchun ham Avloniy shu kabi asarlar yozib, jamiyatdagi insonlarning kamchiliklarini ayovsiz fosh qilgan. Bu kabi dramalar yozilishidan maqsad, xalqning ongini biroz bolsa-da ostirish bolgan. Ular ishonayotgan xurofot, eskilik, aqidalarning oxiri yaxshilik bilan tugamasligini asarda korsatgan.
Osha davrdagi eski illatlarga bolga urish vaqti kelgandi. Avloniy dramalari va asarlari ham bu qadamda muhim rol oynadi. Chunki, qachongacha nohaqliklarga, adolatsizliklarga, chirib ketgan illatlarga koz yumish mumkin edi?! Avloniy va u kabi insonlar xalqni manaviyatli qilishga bor kuchi bilan urindi. Shu sababli ham “Biz va siz” kabi sahna asarlari yaratib, teatr orqali sodda xalqqa yetkazib, korsatib berdi.
Jadid adiblarining asarlarida insoniy taqdirlar, qismat fojialari millat ozodligi, inson erki, Vatan buyukligi muammolari fonida aks ettirilgan. Jadid adabiyotida tarixiy adolat, siyosiy tenglik, shaxs va millat erki, xalqmi gaflatdan uygotish singari otkir ijtimoiy muammolar juda kop tasvirlangan. Jadidlarning Vatan, millat, ozodlik yolida jon fido etishga chorlab bitilgan olovli asarlari samimiy, ammo yuksak darajada ijtimoiylashgan shaxslarning nidolari edi. Bunday asarlarda millatning ulkan dardi marifatli insonning shaxsiy fojiasi bilan birgalikda ifoda ettirilgan. Tuygular samimiyati, iztirob kolamining kengligi ruhiy dardlar teranligini oshirib, umumning dardi alohida shaxsning gam, iztirobi darajasiga kotarilgan. Odatda, kopchilikning iztiroblari alohida shaxslarning dardlaridan baland turadi, deb hisoblaniladi. Holbuki, dard xususiylashsagina umuminsoniy miqyos kasb etadi.
Marifat yillar davomida tarbiyalanib boradi va inson qalbiga singib boradi. Inson marifatning oltin mevasi bolgan kitoblardan ziyo nurini oladi. Inson qancha kop bilim olsa, bilim olish uchun tirishsa, demakki bilingki, bu insonda MARIFAT NIHOLLARi boy chozmoqda. Bunday insonlarga etibor berilsa, qollab-quvvatlansa, albatta, nihollar kokka yuksalib boy chozaveradi.
Bunday nihollarning kokka intilishlariga qarshilik tugdiradigan shunday bir kuch bor-ki, u qalbingizdagi quyosh nurlarini tuman bolib tosib qoyishga urinadi. Shu orinda jaholat tushunchasiga keladigan bolsak, Jaholat — bu juda ham qora soz bolib, inson qalbini bolgovchi tuygu bolib hisoblanadi. Jaholat va johillik hech qachon oz-ozidan paydo bolmaydi. Yani insonga nafrat, unga ezgu amallarni tilamaslik hech qachon oz-ozidan paydo bolmaydi. Nimadir bunga motiv boladi-ki, inson qalbida qandaydir kuchli qorquvmi yoki kuchli nafrat tugunimi paydo boladiki inson marifati va aql-u zakovati ojizlik yoki zaiflik qilib bu qorquv yoki nafratni yenga olmaydi. Natijada esa jaholat insonni asta-sekin oz domiga tortib ketaveradi, ozining zulmat, qorqinch va alamga tola yutib yuboruvchi yolaklari sari yetaklayveradi. Inson ruhan kuchi, manan kuchli yetuk bolsa bu jaholat domi zulmatini oz ziyosi ila yengib chiqa oladi.
Qadimdan ota-bobolarimiz jaholat va zulmga qarshi kurshib kelgan va bunday hollarda jaholat tubiga sari chokmasliklari uchun yoshlarni har taraflama yetuk va kuchli qilib tarbiyalashga, keng hayotiy tajribaga ega shaxslar qilib yetishirishga harakat qilganlar ularga dunyoviy, diniy va jismoniy taraflama turli bilimlar berib borganlar, ularni hunarli qilib tarbiyalaganlar. Natijada esa jaholatga qarshi kurashgan va bu borada katta odimlar ila odimlagan buyuk shaxslar yetishib chiqqan. Barcha zamonlarda jaholatga qarshi marifat bilan kurashib kelganlar. Bugungi davrlardan ancha oldin ham jaholatga qarshi kurashda buyuk bobolarimiz ozlarining jadidchlik harakati bilan hm robaro kelganlar. Ular jaholat dunyoni egallamasligi uchun shirin jonlaridan kechib, xalq dushmani degan nom olishg ham tayyor bolib, umrlaridan kechib kurashganlar. Osha davrlarda xalqqa marifat nurini singdirib, ularni ozodlik, xurlik, marifatlilik sari yetaklagan koplab komil shaxslar “xalq dushmani ” deb elon qilinib, ayovsizlarcha qurbon qilingan. Ammo shunga qaramasdan ozodlik, xurlik, marifat kurashchilari oz harakatlarini kurashlarini davom ettirgan, jaholat zulmiga qarshi marifat nuri bilan borganlar.
Marifat nurining kuchi koplab qurbonlaridan keyin va nihoyat jaholat zulmati ustidan galaba qozonadi. Ammo insonzoti bor ekan ular hamisha kurashda boladi : jaholat va marifat. Zeroki, biz jaholatga qarshi marifat bilan kurashar ekanmiz, marifatimizni yuksaltirishimiz uchun koplab kitoblar oqishimiz, dunyoviy va yetarli darajada diniy bilimlarga ega bolishimiz lozim. 


Download 414.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling