Mavzu: Jadidlarning matnshunoslik faoliyati Reja: Jadidlarning matnshunoslik faoliyati
Download 1.62 Mb.
|
320 GURUH MATNSHUNOSLIK FANI
Mavzu: Jadidlarning matnshunoslik faoliyatiReja:1. Jadidlarning matnshunoslik faoliyati2. Abdurauf Fitratning matnshunoslikdagi tadqiqotlari.Adabiyotshunos Vadud Mahmud, Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurahmon Sadiy, Sadriddin Ayniy, Hodi Zarif kabilar mumtoz adabiyot vakillari ijodini ilmiy muomalaga olib chiqish va xalqni madaniy meros bilan tanishtirishda qator vazifalarni bajarishdi. Masalan, adabiyotshunos, shoir, publitsist Vadud Mahmudni tola manoda matnshunos deya olmaymiz. Lekin u ilmiy maqolalari, jumladan, Navoiygacha turk adabiyoti, Alisher Navoiy, Fuzuliy Bagdodiy kabi ishlarida qolyozma va toshbosma nusxalardan misqollab yiqqan faktlari bilan Alisher Navoiy va Fuzuliy hayoti va ijodini muxtasar yoritib beradi”. Ayni shu davrdan boshlab o‘zbek matnshunosligi tarixida ilmiy yo‘nalish shakllana boshladi. Jadid ijodkorlari o‘zbek adabiyoti namunalarini qiyosiy tahlil qilish ishlarini boshlab berdilar. Garchi ularning ishlari umumiy tanishtiruv yo‘sinida tanqidiy munosabatdan xoli bo‘lsa-da, o‘zbek matnshunosligini jahon matnshunosligi o‘zaniga tushirishga xizmat qildi. Og‘zaki va yozma merosni o‘rganish, turkiy xalqlarning o‘tmish madaniyatini, ruhiyatini teran anglash jadidchilik g‘oyasini mustahkamlash hamda kengaytirish maqsadidan kelib chiqqan edi Otgan asrning 50 60-yillarida qolyozma manbalarni organish va nashrga tayyorlash davr siyosiy talabi ham edi. 1957 yili Toshkentda otkazilgan sharqshunoslarning Butunittifoq birinchi konferentsiyasi otkaziladi. Shu konferentsiyada ishtirok etgan davlat rahbari N. A. Muhiddinovning nutqida shunday sozlarni oqiymiz: Afsuski, biz orta asr Sharqining kozga koringan fan va madaniyat arboblari asarlarini juda sekin nashr etmoqdamiz Abdurauf Fitrat ozbek adabiy tanqidchilik, manbashunoslik va matnshunoslik sohasi tarixida oziga xos mavqeiga ega bolgan shaxsdir. Uning ilmiy-tanqidiy maqolalari, nashr ettirgan kitoblari matnshunoslik ishlari bilan daxldor hisoblanadi. Xususan, Fitrat yozma yodgorliklarning nashrga tayyorlanishiga printsipial yondashadi. U bugungi kungacha oz ahamiyatni yoqotmay kelayotgan Adabiyot qoidalari(1926), Eng eski turk adabiyoti namunalari(1927), Ozbek adabiyoti namunalari(1928) kitoblari materiallarini aynan qolyozma manbalar asosida tayyorlagan. Fitrat Navoiyning asarlari manbalarni organishga alohida etibor bilan qaratgan. Qolyozma manbalarni nashrga tayyorlash, xususan, mumtoz shoirlar ijodidan namunalar jamlab, chop ettirish matnshunoslikka oid izlanishlar olib borilganligini korsatadi. Fitratning matnshunoslik rivojidagi asosiy ishlaridan yana biri uning sof tekstologik tadqiqotlarida ko‘rinadi. Jumladan, u “Navoiyning forsiy shoirlig‘i” maqolasida “Devoni Foniy”ning Buxoroda topilgan nusxasini badiiy hamda uslubiy jihatdan tekshiradi va uning Navoiy qalamiga mansub emasligini aniqlaydi. Olim “Devonayi Mashrab” asari qo‘lyozma nusxalarini chuqur ilmiy tadqiq doirasida o‘rganib chiqadi. O‘zbek matnshunosligi rivojidagi yana bir muhim hodisa asar matni tanlanma nusxasining tayyorlanishi bo‘ldi. Uni 1940 yili Sadriddin Ayniy tuzib chiqdi. Sadriddin Ayniy nashr xususida shunday yozadi: “Alisher Navoiyning “Xamsa”sida 50 ming misradan ortiq she’r bor. Keng o‘quvchilar ommasi uchun uni bir butun holda tezda egallab olish ancha og‘ir bo‘ladi. Shuning uchun men bu qiyinchiliklarni nazarga olib, Navoiy yubiley komitetining topshirig‘i bilan qo‘lingizdagi bu tanlanma nusxani vujudga keltirdim Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling